27-bilet savollari va javoblari

1. Ruxsat etilgan to‘liq vazn nima?

Ruxsat etilgan to‘liq vazn nima?
  1. Transport vositasining yuk ko‘tarishi
  2. Transport vositasining haqiqiy vazni
  3. Jihozlangan transport vositasining ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan yuk, haydovchi va yo'lovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (o'lchovi)
  4. Transport vositisida tashiladigan yukning ishlab chiqargan korxona yo‘l qo‘ygan texnik tavsifnomasi sifatida belgilanadigan vazni

To'g'ri javob: Jihozlangan transport vositasining ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan yuk, haydovchi va yo'lovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (o'lchovi)

YHQ 1-bo'lim 6-bandini 43-tushunchasiga asosan, ruxsat etilgan to'liq vazn — jihozlangan transport vositasining ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan yuk, haydovchi va yo'lovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (o'lchovi).

2. Bu belgida harakatlanish ruxsat etiladi:

Bu belgida harakatlanish ruxsat etiladi:
  1. Faqat avtomobil va avtobus haydovchilariga.
  2. Barcha transport vositalarining haydovchilariga.
  3. Faqat avtomobil haydovchisiga.
  4. Faqat avtomobil va mototsikl haydovchilariga.

To'g'ri javob: Barcha transport vositalarining haydovchilariga.

YHQ 1-ilovasining 4-bo'limidagi 4.4 "Yengil avtomobillar harakati" belgisida yengil avtomobil ifodalangan bo'lsa ham, belgi yengil avtomobillardan tashqari barcha turdagi avtobuslar, mototsikllar va to'la vazni 3,5 tonnadan kam bo'lgan yuk avtomobillarining harakatlanishiga ruxsat etib, to'la vazni 3,5 tonnadan yuqori bo'lgan yuk avtomobillari va traktorlar harakatlanishini taqiqlaydi. Belgining ta'sir oralig'ida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli, ularga va korxonalarga xizmat ko'rsatuvchi transport vositalariga bu belgi tadbiq etilmaydi.

3. Avtomagistralda qatnov qismining chetini bildiruvchi sidirg'a oq chiziqni bosib o'tishga ruxsat etiladimi?

Avtomagistralda qatnov qismining chetini bildiruvchi sidirg'a oq chiziqni bosib o'tishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi.
  2. Taqiqlanadi.
  3. Agar avtomagistralda harakatlanish serqatnov bo'lsa, taqiqlanadi.

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi.

YHQ 2-ilovasining 1-bo'limidagi 1.2 (enli sidirg'a chiziq) – avtomagistrallarda qatnov qismi chetini bildiradi. 1.2 chizig'ini istalgan tomondan bosib o'tish mumkin.

4. Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:

Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:
  1. Yashil avtomobil ayni vaqtda 2-tramvay bilan, 1-tramvay, ko'k, sariq, qizil avtomobillar.
  2. 1 - va 2 - tramvaylar ayni vaqtda sariq avtomobil bilan, yashil, ko'k, qizil avtomobillar.

To'g'ri javob: 1 - va 2 - tramvaylar ayni vaqtda sariq avtomobil bilan, yashil, ko'k, qizil avtomobillar.

YHQ 16-bobi 104, 107-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, teng ahamiyatli yo'lda bir yo'nalishda yoki qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega. Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak.

5. Harakatlanishga ruxsat etilgan barcha transport vositalari qaysi javobda ko'rsatilgan?

Harakatlanishga ruxsat etilgan barcha transport vositalari qaysi javobda ko'rsatilgan?
  1. Tramvay va mototsikl.
  2. Avtomobillar va mototsikl.
  3. Barcha transport vositalari.
  4. Tramvay, yuk avtomobili va mototsikl.

To'g'ri javob: Barcha transport vositalari.

YHQ 7-bobi 32-bandiga muvofiq, yo'naltirgich ko'rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doira shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma'noga ega bo'ladi. Ular faqat ko'rsatilgan yo'nalishga ta'sir etadi. Agar tegishli yo'l belgisi bilan taqiqlanmagan bo'lsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yo'naltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qo'shimcha tarmoqdagi yashil yo'naltirgich ham xuddi shu ma'noni bildiradi. Qo'shimcha tarmoqdagi ishora o'chirilgan bo'lsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yo'nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.

6. Aholi punktlarida ma'lum harakat tezligiga rioya etayotgan yirik o'lchamli transport vositasining haydovchisi qanday yo'l tutishi kerak?

Aholi punktlarida ma'lum harakat tezligiga rioya etayotgan yirik o'lchamli transport vositasining haydovchisi qanday yo…
  1. To'xtashi va orqasida to'planib qolgan transport vositalarini o'tkazib yuborishi kerak.
  2. Harakatni davom ettirishi kerak.

To'g'ri javob: Harakatni davom ettirishi kerak.

YHQ 12-bobi 87 bandiga asosan, aholi punktlaridan tashqaridagi yo'llarda sekin harakatlanadigan, katta hajmli yoki katta hajmli yuk tashiyotgan transport vositasini quvib o'tish qiyin bo'lgan hollarda uning haydovchisi ushbu transport vositasini iloji boricha yo'lning o'ng tomoniga olishi, zarur bo'lganda esa orqasida to'planib qolgan transport vositalarini o'tkazib yuborish uchun to'xtashi kerak. Aholi punktlarida esa yuqorida keltirilgan talablar yo'q, u harakatni davom ettirishi mumkin.

7. Mazkur vaziyatda quvib o‘tishga ruxsat etilganmi?

Mazkur vaziyatda quvib o‘tishga ruxsat etilganmi?
  1. 40 km/soatdan kam tezlik bilan harakatlanayotgan faqat yakka transport vositalariga ruxsat etilgan
  2. Taqiqlangan
  3. Barcha hollarda ruxsat etilgan

To'g'ri javob: Taqiqlangan

YHQ 12-bobi 86-band 4-xatboshisiga asosan, temir yo'l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda quvib o'tish taqiqlanadi. Aholi punktlaridan tashqarida takrorlanadigan ikkinchi 1.2 belgi yo'lning xavfli qismi boshlanishiga kamida 50 metr (ko'pi bilan 100 metr) qolganda o'rnatiladi.

8. Siz chapga burilishga yoki qayrilishga qaror qildingiz. Orqani ko‘rsatadigan ko‘zguga qarab bildingizki, ortingizdagi haydovchi Sizni quvib o‘tmoqchi. Sizning bundan keyingi harakatingiz?

  1. Burilishning chap ko‘rsatkichini yoqish va qatnov qismida qulay joylashib olishdan foydalanib, manyovr qilishga kirishish
  2. Sizning ortingizdan kelayotgan haydovchi Sizni quvib o‘tib ketgandan so‘nggina burilishning chap ko‘rsatkichini yoqish
  3. Burilishning chap ko‘rsatkichini yoqish, o‘zini quvib o‘tishga imkon berishi va so‘ng manyovr qilishga kirishish

To'g'ri javob: Sizning ortingizdan kelayotgan haydovchi Sizni quvib o‘tib ketgandan so‘nggina burilishning chap ko‘rsatkichini yoqish

YHQ 12-bobi 84-bandiga asosan: Quvib o‘tilayotgan transport vositasining haydovchisiga harakat tezligini oshirish yoki boshqa xatti-harakatlar bilan quvib o‘tishga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi.

9. O‘ng va chap g‘ildiraklarining shinalari turlicha siyqalangan avtomobilda tormoz berish, qanday xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin?

  1. Tormoz barabanlarining qizib ketishiga
  2. Naqsh izlarining ko‘chib ketishiga
  3. Avtomobilning ag‘darilib ketishi mumkin darajada sirpanib ketishiga

To'g'ri javob: Avtomobilning ag‘darilib ketishi mumkin darajada sirpanib ketishiga

Bir oqda o‘rnatilgan (chap va o‘ng) shinalar naqshining ustki shakli va uning yoyilganlik darajasi barcha hollarda bir xil bo‘lishi lozim, chunki bu hol tormozlanayotganda avtomobilning muvozanatini ta'minlovchi shartlardan biri hisoblanadi. Ushbu tartib inbatga olinmasatormozlanish vaqtida har xil tormoz kuchlari yuzaga kelib, muozanatni yo‘qotishga olib keluvchi hollarni vujudga keltiradi. Avtomobilning yeyilgan shina naqshi tomoni oldinga intilib, aks tomoni orqada qoladi. Bu holda avtomobil bir tomonga siljib, maqbul bo‘lmagan sharoitlarda muvozanatini yo‘qotib, ag‘darilishi mumkin.

10. Yo‘lovchi tashishga mo‘ljallanmagan yuk avtomobilida yukni kuzatib boruvchi yoki qabul qilib oluvchi shaxslarning tashilishiga ruxsat beriladimi?

  1. Agar bort balandligidan pastda joylashgan qulay o‘rindiq bo‘lsa ruxsat beriladi
  2. Ta'qiqlanadi

To'g'ri javob: Agar bort balandligidan pastda joylashgan qulay o‘rindiq bo‘lsa ruxsat beriladi

premium_required

11. «Quvib o‘tish» atamasi nimani bildiradi?

  1. Egallagan harakatlanish bo‘lagidan chiqib, oldinda harakatlanayotgan transport vositasidan o‘zib ketish
  2. Bir va bir necha transport vositalaridan o‘zib ketish
  3. Bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan tasmaga chiqib, so‘ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zib ketish

To'g'ri javob: Bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan tasmaga chiqib, so‘ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zib ketish

YHQ 1-bobi 6-bandi 24-tushunchasiga asosan, quvib o'tish — bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan tasmaga chiqib, so'ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o'tish bilan bog'liq bo'lgan o'zib ketish.

12. Qaysi belgi yo‘lning bir tomonlamali harakatlanish yo‘l qismini ko‘rsatadi?

Qaysi belgi yo‘lning bir tomonlamali harakatlanish yo‘l qismini ko‘rsatadi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 3

YHQ 1-ilovasi 5-bo‘limining oltinchi xatboshisiga asosan: 5.5. “Bir tomonlama harakatli yo‘l”. Transport vositalari butun kenglik bo‘yicha bir yo‘nalishda harakatlanadigan yo‘l yoki qatnov qismini bildiradi.

13. Haydovchi, agar uning transport vositasi 40 km/soatga teng yoki undan ortiq tezlik bilan balandlikka chiqa olmasa, nima chora ko‘rishi kerak?

Haydovchi, agar uning transport vositasi 40 km/soatga teng yoki undan ortiq tezlik bilan balandlikka chiqa olmasa, nima…
  1. Asosiy tasma bo‘yicha, agar unda boshqa transport vositalari yo‘q bo‘lsa, harakatlanishni davom ettirishi
  2. Qo‘shimcha tasmaga qayta tizilishi
  3. Agar balandlikning davomliligi 30 metrdan oshmasa, asosiy tasma bo‘yicha harakatlanishni davom ettirishi

To'g'ri javob: Qo‘shimcha tasmaga qayta tizilishi

YHQ 1-ilovasi 5-bobi: 5.8.3. bandi: «Tasmaning boshlanishi». Yo‘lning sekinlashish bo‘lagi yoki balandlikka ko‘tarilishdagi qo‘shimcha tasmaning boshlanish qismi. Agar belgiga 4.7 “Eng kam tezlik” belgisining tasviri tushgan bo‘lsa, ko‘rsatilgan yoki undan kattaroq tezlikda harakatlana olmaydigan transport vositasining haydovchisi asosiy tasmadan qo‘shimcha tasmaga qayta tizilishi kerak.

14. Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:

Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:
  1. Sariq chorrahaga chiqadi va yashilni o'tkazib yuborish uchun to'xtaydi, yashil, ko'k ayni vaqtda qizil bilan, sariq.
  2. Ko'k ayni vaqtda qizil bilan, yashil, sariq.
  3. Yashil, ko'k ayni vaqtda qizil bilan, sariq.

To'g'ri javob: Yashil, ko'k ayni vaqtda qizil bilan, sariq.

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

15. Qaysi rasmda haydovchi o'ngga to'g'ri burilyapti?

Qaysi rasmda haydovchi o'ngga to'g'ri burilyapti?
  1. 1.
  2. 2.

To'g'ri javob: 2.

YHQ 7-bobi 32-bandiga asosan, yo'naltirgich ko'rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doira shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma'noga ega bo'ladi. Ular faqat ko'rsatilgan yo'nalishga ta'sir etadi. Agar tegishli yo'l belgisi bilan taqiqlanmagan bo'lsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yo'naltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qo'shimcha tarmoqdagi yashil yo'naltirgich ham xuddi shu ma'noni bildiradi. Qo'shimcha tarmoqdagi ishora o'chirilgan bo'lsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yo'nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.

16. Qaysi transport vositasining haydovchisi to‘xtash qoidasini buzdi?

Qaysi transport vositasining haydovchisi to‘xtash qoidasini buzdi?
  1. Faqat mototsikl haydovchisi.
  2. Faqat avtomobil haydovchisi.
  3. Har ikkisi buzdi.
  4. Hech kim buzmadi.

To'g'ri javob: Faqat mototsikl haydovchisi.

YHQ 22-bobi 132-bandiga muvofiq, agar 5.9 yo‘l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo‘lsa, bunday joylarda yo‘nalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo‘lga chiqish, qatnov qismining chetki o‘ng tomonida yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo‘lakka o‘tishga ruxsat etiladi.

17. Qizil avtomobil haydovchisiga tramvay yo‘li bo‘yicha harakatlanishga ruxsat etiladimi?

Qizil avtomobil haydovchisiga tramvay yo‘li bo‘yicha harakatlanishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi

YHQ 10-bobi 69-bandiga muvofiq, bir yo‘nalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan bir sathda joylashgan tramvay yo‘lidan, shu yo‘nalishdagi boshqa tasmalar band bo‘lganda harakatlanishga, shuningdek, aylanib o‘tishga, chapga burilish va qayrilib olishga ushbu Qoidalarning 56-bandini hisobga olgan holda ruxsat etiladi. Biroq bu tramvayga xalaqit bermasligi kerak.

18. Chiziqlar bilan tasmalarga ajratilgan yo‘lning qatnov qismida transport vositalarining harakatlanishi qanday amalga oshirilishi kerak?

Chiziqlar bilan tasmalarga ajratilgan yo‘lning qatnov qismida transport vositalarining harakatlanishi qanday amalga osh…
  1. Qat’iy tasmalar bo‘yicha, uzuq-uzuq chiziqni kesib o‘tishga faqat qayta tizilishda ruxsat etiladi
  2. Agar qatnov qismi transport vositalaridan holi bo‘lsa, tasma bo‘yicha qat’iy emas
  3. Agar transport vositalarining o‘lchamlari eniga kata bo‘lmasa, tasma bo‘yicha qat’iy emas
  4. Agar qatnov qismida tirkamali avtomobillar bo‘lmasa va bunda ancha tor harakat oralig‘ini saqlash mumkin bo‘lsa, tasmalar bo‘yicha qat’iy emas

To'g'ri javob: Qat’iy tasmalar bo‘yicha, uzuq-uzuq chiziqni kesib o‘tishga faqat qayta tizilishda ruxsat etiladi

Yo‘l harakati qoidalarining 70 bandiga asosan, agar qatnov qismi yo‘l chiziqlari bilan tasmalarga ajratilgan bo‘lsa, transport vositalarining harakatlanishi qat’iy ravishda belgilangan tasmalarda amalga oshirilishi kerak. Faqat qayta tizilishda uzuq-uzuq chiziqlarni bosib o‘tishga ruxsat etiladi.

19. Boldir suyagi o'rtasidan singanda transportda tashish uchun taxtakach yoki uning o'rniga o'tuvchi narsa qanday qo'yiladi?

Boldir suyagi o'rtasidan singanda transportda tashish uchun taxtakach yoki uning o'rniga o'tuvchi narsa qanday qo'yilad…
  1. Singan joyga qo'yiladigan shina yoki uning o'rnini bosuvchi narsani siqib bog'lash kerak.
  2. Shinani ikki tomondan butun boldir uzunligida tovondan to tizza bo'g'inigacha qo'yish kerak.
  3. Tovon tagidan to son o'rtasigacha oyoqning ichki va tashqi tomonidan ikkita shina qo'yish kerak. Singan joyni, tizza va boldir-oyoq kafti bo'g'inlarini qimirlatmaslik lozim.

To'g'ri javob: Tovon tagidan to son o'rtasigacha oyoqning ichki va tashqi tomonidan ikkita shina qo'yish kerak. Singan joyni, tizza va boldir-oyoq kafti bo'g'inlarini qimirlatmaslik lozim.

Suyak siniqlarining bir biriga nisbatan qo'zg'almasligini ta'minlash uchun boldirni ikki taxtakach orasida mahkamlab, boldir-tovon bo'g'in va tizza bo'g'inining harakatini chegaralash lozim.

20. Qanday shartlarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi?

  1. Faralar yoritishi buzilgan bo‘lsa
  2. Tashqi yoritish asboblari va yorug‘lik qaytargichlar ifloslanganda
  3. Yoritish asboblari o‘rnida mazkur yoritish asboblarining turiga mos kelmaydigan lampalardan foydalanilganda
  4. Sanab o‘tilgan barcha hollarda

To'g'ri javob: Sanab o‘tilgan barcha hollarda

YHQ 3-ilovasi 3-bo‘limining 3.2, 3.3. va 3.4-bandlariga asosan: 3.2. Yorituvchi chiroq nurining yo‘nalishi buzilgan bo‘lsa foydalanish taqiqlanadi. 3.3. Agar tashqi yoritqichlar va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamayotgan yoki ifloslangan bo‘lsa foydalanish taqiqlanadi. 3.4. Yoritish asboblarida nur sochuvchisi bo‘lmasa yoxud tegishli yorug‘lik asboblari turiga mos bo‘lmagan nur sochuvchi va lampalardan foydalanilgan bo‘lsa foydalanish taqiqlanadi.