25-bilet savollari va javoblari

1. Bu yerda avtomobil to‘xtashiga ruxsat berilganmi?

Bu yerda avtomobil to‘xtashiga ruxsat berilganmi?
  1. Taqiqlangan, chunki uzuq-uzuq yotiq chiziq va to‘xtab turgan avtomobil bilan orasidagi masofa 3 metrdan kam.
  2. Oyning juft kunlarida taqiqlangan.
  3. Ruxsat berilgan.

To'g'ri javob: Ruxsat berilgan.

YHQ 1-ilovasining 3-bo‘limidagi 3.28 belgi talabiga asosan, “To‘xtab turish taqiqlangan” belgisi faqat to‘xtab turishni taqiqlaydi. Transport vositasiga yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda transport vositasining harakatini to‘xtatish taqiqlanmagan.

2. Bu belgi qaysi transport vositalariga ta’sir qilmaydi?

Bu belgi qaysi transport vositalariga ta’sir qilmaydi?
  1. Traktorlar va o‘zi yurar avtomobillarga
  2. Avtobuslar va mikroavtobuslarga
  3. Belgi ta’sirida joylashgan korxonalarga xizmat ko‘rsatayotgan transport vositalariga

To'g'ri javob: Belgi ta’sirida joylashgan korxonalarga xizmat ko‘rsatayotgan transport vositalariga

YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limining uchinchi va o‘ttiz sakkizinchi xatboshlariga asosan: 3.2. “Harakatlanish taqiqlangan”. Barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi. 3.2 belgisi belgilangan zonada joylashgan korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalariga, shuningdek, belgilangan zonada yashaydigan yoki ishlaydigan fuqarolarga xizmat qiluvchi yoki ularga tegishli bo‘lgan transport vositalariga ta'sir qilmaydi.

3. Qaysi transport vositalari yo‘lovchilarni tushirish uchun noto‘g‘ri to‘xtagan?

Qaysi transport vositalari yo‘lovchilarni tushirish uchun noto‘g‘ri to‘xtagan?
  1. Qizil avtomobil
  2. Ko‘k avtomobil
  3. Mototsikl
  4. Har ikki avtomobil
  5. Hamma transport vositalari

To'g'ri javob: Qizil avtomobil

YHQ 2-ilovasi 1-bo‘limining oltinchi xatboshisiga asosan: 1.4 - to‘xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi hamda yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq ustidan chiziladi. YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan, Quyidagilarda to‘xtash taqiqlanadi: bekat maydonchalarida, yo‘nalishli transport vositalari to‘xtash joylarida, jumladan, 1.17 chizig‘i bilan belgilangan, ular bo‘lmaganda esa yo‘nalishli transport vositalari to‘xtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yo‘nalishi bo‘ylab (etmasdan va o‘tib ketib) 15 metrdan kam masofada (yo‘nalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermasa yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish uchun to‘xtash bundan mustasno).

4. Bu yo'l belgisi bildiradi?

Bu yo'l belgisi bildiradi?
  1. Shlagbaum bilan jihozlanmangan ikki va undan ortiq ko'p izli temir yo'l kesishmasini.
  2. Shlagbaum bilan jihozlangan bir izli temir yo'l kesishmasini.
  3. Shlagbaum bilan jihozlanmagan bir izli temir yo'l kesishmasini.

To'g'ri javob: Shlagbaum bilan jihozlanmangan ikki va undan ortiq ko'p izli temir yo'l kesishmasini.

YHQ 1-ilovasining 1-bo'limidagi 1.3.2. "Ko'p izli temir yo'l" belgisi ikki va undan ortiq izli temir yo'l belgilari shlagbaum bilan jihozlanmagan temir yo'l kesishmasi oldida o'rnatiladi.

5. Harakatlanish taqiqlangan:

Harakatlanish taqiqlangan:
  1. Ko'k-sariq avtomobilga – chapga.
  2. Ko'k-sariq avtomobilga – to'g'riga, qizil avtomobilga – to'g'riga va o'ngga.
  3. Qizil avtomobilga – to'g'riga va o'ngga.

To'g'ri javob: Ko'k-sariq avtomobilga – chapga.

YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining qo'llari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va o'ng yon tomonidan tramvayga to'g'riga, relssiz transport vositalariga to'g'riga va o'ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi.

6. Sekinlashish bo‘lagi bo‘lgan yo‘lda qaysi transport vositasining haydovchisi burilish qoidasini buzdi?

Sekinlashish bo‘lagi bo‘lgan yo‘lda qaysi transport vositasining haydovchisi burilish qoidasini buzdi?
  1. Har ikki transport vositasi
  2. Sariq avtomobil
  3. Har ikki transport vositasi to‘g‘ri burilyapti

To'g'ri javob: Sariq avtomobil

YHQ 9-bobi 61-bandiga muvofiq, sekinlashish bo'lagi bo'lgan yo'llarda burilmoqchi bo'layotgan haydovchi o'z vaqtida shu bo'lakka o'tishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak.

7. Mazkur yo‘l belgisi:

Mazkur yo‘l belgisi:
  1. Doimiy belgi hisoblanadi
  2. Vaqtinchalik belgi hisoblanadi
  3. Mavsumiy belgi hisoblanadi

To'g'ri javob: Vaqtinchalik belgi hisoblanadi

premium_required

8. Haydovchining o‘zi aniqlay oladigan harakatlanish uchun to‘sqinlik yoki xavf tug‘ilganda qanday choralar ko‘rishi kerak?

  1. Tezlikni transport vositasi to‘xtaguniga qadar kamaytirishi yoki to‘sqinlikni aylanib o‘tishiga boshqa harakat qatnashchilari uchun xavfsiz choralarini ko‘rishi
  2. Sodir bo‘lgan hodisa haqida IIOga xabar berishi
  3. Davlat YHX xizmatiga eng yaqin mahkamasiga yoki ichki ishlar idorasiga kelishi va paydo bo‘lgan to‘sqinliklar yoki xavf-xatar to‘g‘risida xabar berishi
  4. Sanab o‘tilgan barcha harakatlarni amalga oshirishi

To'g'ri javob: Tezlikni transport vositasi to‘xtaguniga qadar kamaytirishi yoki to‘sqinlikni aylanib o‘tishiga boshqa harakat qatnashchilari uchun xavfsiz choralarini ko‘rishi

YHQ 11-bobi 77-bandi 3-xatboshisiga asosan, haydovchi transport vositasini boshqarish paytida aniqlay olishi mumkin bo'lgan xavf yuzaga kelsa, u transport vositasining tezligini to'liq to'xtashni ta'minlaydigan darajada kamaytirishi yoki to'siqni boshqa harakat qatnashchilari uchun xavf tug'dirmagan holda aylanib o'tish choralarini ko'rishi kerak.

9. Jabrlanuvchining yurak faoliyati yoki nafas olishi to'xtaganda, unga qanday ketma-ketlikda birinchi yordam ko'rsatish zarur?

Jabrlanuvchining yurak faoliyati yoki nafas olishi to'xtaganda, unga qanday ketma-ketlikda birinchi yordam ko'rsatish z…
  1. Yurakni massaj qilish, nafas yo'llarini bo'shatish, sun'iy nafas oldirish.
  2. Sun'iy nafas oldirish, yurakni ustidan massaj qilish, nafas yo'llarini bo'shatish.
  3. Nafas yo'llarini bo'shatish, sun'iy nafas oldirish va yurakni ustidan massaj qilish.

To'g'ri javob: Nafas yo'llarini bo'shatish, sun'iy nafas oldirish va yurakni ustidan massaj qilish.

O'pkaning sun'iy ventilyasiyasi samarali bo'lishi uchun nafas olish yo'llariga havoning erkin o'tishini ta'minlash zarur. Og'iz bo'shlig'i shilliq, qon, qusuq va boshqa jismlardan holi ekanligiga ishonch hosil qilish kerak. To'qimalarga kislorod kelishi va qon aylanishini ta'minlash uchun o'pkaga kislorod kelishini kuchaytirish bilan birga yurak urish faoliyatini qayta tiklashga darhol kirishish lozim.

10. Sanab o‘tilgan shartlardan qaysi birida avtomobillar va avtopoezlardan foydalanish taqiqlanadi?

  1. Gidravik tormoz tizimining zichligi buzilganda
  2. Tormoz tizimining samaradorligi qoida talablariga javob beradi

To'g'ri javob: Gidravik tormoz tizimining zichligi buzilganda

YHQ 3-ilovasi 1-bo‘limining 1.3-bandiga asosan: 1.3. Gidravlik tormoz yuritmasining zichligi (germetikligi) buzilgan bo‘lsa.

11. Qaysi belgi agar yuk avtomobilining tirkamasi bilan birga ruxsat etilgan to‘liq vazni 7 tonnaga teng bo‘lsa, tirkamali avtomobillarning harakatlanishini taqiqlaydi?

Qaysi belgi agar yuk avtomobilining tirkamasi bilan birga ruxsat etilgan to‘liq vazni 7 tonnaga teng bo‘lsa, tirkamali…
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 4

YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limining to‘qqizinchi xatboshisiga asosan: 3.7 “Tirkama bilan harakatlanish taqiqlanadi”. Yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek mexanik transport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanishini bildiradi.

12. Belgilardan qay biri ajratuvchi mintaqasi bo‘lgan yo‘lning harakat uchun yopiq qatnov qismini aylanib o‘tish yo‘nalishini ko‘rsatadi?

Belgilardan qay biri ajratuvchi mintaqasi bo‘lgan yo‘lning harakat uchun yopiq qatnov qismini aylanib o‘tish yo‘nalishi…
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 5

YHQ 1-ilovasi 5-bo‘limining ellik ikkinchi xatboshisiga asosan: 5.34.2. “Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning boshlang‘ich ko‘rsatkichi”. Ajratuvchi bo‘lagi bo‘lgan yo‘lning harakatlanish uchun yopiq hududini aylanib o‘tish yoki o‘ng tomondagi qatnov qismiga qaytish uchun harakatlanish yo‘nalishini bildiradi.

13. Yo'l chizig'i bilan ajratilgan bekat maydonchasidan harakatlanish uchun foydalanishga ruxsat etiladimi?

Yo'l chizig'i bilan ajratilgan bekat maydonchasidan harakatlanish uchun foydalanishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi.
  2. Taqiqlanadi.
  3. To'xtash joyida tramvay bo'lmaganda ruxsat etiladi.

To'g'ri javob: Taqiqlanadi.

YHQ 2-ilovasining 1-bo'limi 1-xatboshiga asosan, 1.1 chizig'i qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo'lning xavfli joylaridagi harakatlanish tasmasi chegarasini va velosipedchilar uchun tasmaning chegarasini bildiradi; yo'lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to'xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo'lning qatnov qismi chegarasini bildiradi. 1.1 chizig'ini bosib o'tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qo'llanilgan 1.1 chizig'i bundan mustasno.

14. Chorrahani transport vositalari quyidagi tartibda kesib o'tadilar:

Chorrahani transport vositalari quyidagi tartibda kesib o'tadilar:
  1. Hamma bir vaqtda.
  2. Ko'k, qizil, yashil.
  3. Ko'k ayni vaqtda yashil bilan, qizil.
  4. Qizil yashil bilan, ko'k.

To'g'ri javob: Hamma bir vaqtda.

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

15. Harakatlanish ruxsat etilgan:

Harakatlanish ruxsat etilgan:
  1. Qizil avtomobilga.
  2. Mototsiklga.
  3. Tramvayga va qizil avtomobilga.
  4. Tramvayga.
  5. Ko'k avtomobilga.

To'g'ri javob: Qizil avtomobilga.

YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining o'ng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat etiladi.

16. Qizil avtomobilga mazkur vaziyatda quvib o‘tishga ruxsat etiladimi?

Qizil avtomobilga mazkur vaziyatda quvib o‘tishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Quvib o‘tilayotgan transport vositasining tezligi 40 km/soatdan kam bo‘lganda ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi

YHQ 12-bobi 86-bandi 2-xatboshiga asosan, quvib o'tish quyidagi hollarda taqiqlanadi - tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo'llarda harakatlanishda.

17. Haydovchi aholi punktlaridan tashqarida harakat qoidalarini buzmoqdami?

Haydovchi aholi punktlaridan tashqarida harakat qoidalarini buzmoqdami?
  1. Ha.
  2. Yo'q.

To'g'ri javob: Ha.

YHQ 10-bobi 67-bandiga asosan, aholi punktlaridan tashqaridagi yo'llarda haydovchilar transport vositalarini mumkin qadar qatnov qismining o'ng chetiga yaqinroq olib harakatlanishlari kerak. O'ng tasmalar bo'sh bo'lganda chap tasmalarni egallash taqiqlanadi.

18. Transport vositalarining temir yo‘l kesishmasiga qanchadan kam masofa qolganda to‘xtab turishlari ta’qiqlanadi?

  1. 300 m
  2. 150 m
  3. 100 m
  4. 50 m
  5. 250 m

To'g'ri javob: 50 m

YHQ 13-bobi 92-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: to‘xtab turish taqiqlanadi: temir yo‘l kesishmalariga 50 metrdan kam masofada

19. Agar jonlantirishni (reanimatsiyani) 2 kishi bir vaqtda olib borganda, yurakni bilvosita massaj qilish va sun'iy nafas oldirish qanday bajariladi?

Agar jonlantirishni (reanimatsiyani) 2 kishi bir vaqtda olib borganda, yurakni bilvosita massaj qilish va sun'iy nafas…
  1. Bir marta ko'krak qafasi bosiladi, bir marta havo puflanadi va hokazo.
  2. Ikki marta havo puflanadi, so'ng yurak sohasi 30 marta bosiladi va hokazo.
  3. 2-3 marta havo puflangandan so'ng 15 marta ko'krak qafasi bosiladi.

To'g'ri javob: Ikki marta havo puflanadi, so'ng yurak sohasi 30 marta bosiladi va hokazo.

Agar jabrlanuvchida yurak urishi faoliyati va nafas olishi to'xtagan bo'lsa, yurakning tashqi massaji bilan birga sun'iy nafas oldirish amalga oshiriladi. Bunday hollarda tin (nafas) olish oraliqlarida ko'krak qafasi 30 marta keskin bosiladi.

20. Tashiladigan yuk vazni va o‘qlar bo‘yicha tushadigan og‘irlik miqdorining taqsimlashni kim tomonidan belgilanadi?

  1. Davlat YHXX tomonidan
  2. Avtoxo‘jalik ma’muriyati tomonidan
  3. Mazkur transport vositasini ishlab chiqargan korxona tomonidan

To'g'ri javob: Mazkur transport vositasini ishlab chiqargan korxona tomonidan

YHQ 27-bobi 160-bandiga asosan: Tashilayotgan yukning vazni va o‘qlarga tushadigan og‘irlik miqdorining taqsimlanishi ishlab chiqargan korxona tomonidan ushbu transport vositasi uchun belgilangan miqdordan oshmasligi kerak.