1. Ro‘paradan kelayotgan avtomobil haydovchisi qanday yo‘l tutishi kerak?
Yo‘l yoqasida to‘xtashi
Yalt-yalt etuvchi chiroq mayoqchasi yoqilgan avtomobilga xalaqit bermasdan harakatni davom ettirishi
To'g'ri javob: Yalt-yalt etuvchi chiroq mayoqchasi yoqilgan avtomobilga xalaqit bermasdan harakatni davom ettirishi
YHQ 6-bobi 26-bandiga muvofiq, haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo'l berish(to'sqinlik qilmaslik)lari shart.
2. Avtomobilning qaysi yo'nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?
Faqat to'g'riga.
Chapga va o'ngga.
Barcha yo'nalishlarda.
To'g'ri javob: Barcha yo'nalishlarda.
YHQ 1-ilovasining 4-bo'limidagi 4.4 belgi - "Yengil avtomobillar harakatlanadi" belgisi yengil avtomobillarni, avtobuslarni, motosikllarni va to'la vazni 3,5 tonnadan kam bo'lgan yuk avtomobillarining harakatlanishiga ruxsat etadi. 1-ilovaning 7-bo'limidagi 7.3.3 qo'shimcha axborot belgisi "Ta'sir yo'nalishlari" chorraha oldida o'rnatilgan buyuruvchi belgi bilan qo'llanilib, uning ta'sir yo'nalishini ko'rsatadi.
3. Bu yo‘l belgisi nimani bildiradi?
Yo‘l (marshrut) raqamini ko‘rsatadi
Eng yaqin aholi yashaydigan joygacha bo‘lgan masofani ko‘rsatadi
DYHXXning eng yaqin postigacha bo‘lgan masofani ko‘rsatadi
«Kilometr belgisi» vazifasini bajaradi
To'g'ri javob: Yo‘l (marshrut) raqamini ko‘rsatadi
YHQ 1-ilovasining 5-bo'limi 5.29.1 "Yo'l raqami" belgisiga muvofiq, — yo'lga berilgan raqam, belgilangan tartibda tasdiqlangan yo'l(marshrut) raqamini ko'rsatish uchun qo'llaniladi. 5.29.1 belgisi yo'lning boshlanishida o'rnatiladi va har 15-20 km qaytariladi. Yashil rangdagi belgilar avtomagistrallarga o'rnatish uchun mo'ljallangan.
4. Avtomagistralda ajratuvchi mintaqaning uzilishlariga kirishga ruxsat etiladimi?
Ruxsat etiladi
Faqat orqaga burilish uchun ruxsat etiladi, to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillar bundan mustasno
Taqiqlanadi
Belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalariga ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
premium_required
5. Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:
Qizil avtomobil, tramvay ayni vaqtda yashil avtomobil bilan.
Tramvay, qizil, yashil avtomobillar.
Tramvay ayni vaqtda yashil avtomobil, qizil avtomobil.
To'g'ri javob: Qizil avtomobil, tramvay ayni vaqtda yashil avtomobil bilan.
YHQ 15-bobi 100-bandiga asosan, svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmoqning ko'rsatkichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yo'nalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak.
6. Qaysi transport vositasining haydovchisi yo‘lda tezlashish tasmasi bo‘lganda unga chiqish qoidasini buzdi?
Har ikki haydovchi to‘g‘ri chiqdi
Ko‘k avtomobil haydovchisi
Yashil avtomobil haydovchisi
Har ikki haydovchi
To'g'ri javob: Yashil avtomobil haydovchisi
YHQ 9-bobi 61-bandiga muvofiq, yo'lga chiqish joyida tezlashish bo'lagi bo'lsa, haydovchi unda harakatlanishi va qo'shni bo'lakda harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berib, transport oqimiga qo'shilishi kerak.
7. Uch tasmali bo‘lgan ikki tomonlama harakat tashkil qilingan yo‘llarda qarama – qarshi harakat uchun mo‘ljallangan chetki chap tasmaga o‘tishga ruxsat etiladimi?
Quvib o‘tish uchun ruxsat etiladi
Barcha hollarda ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Taqiqlanadi
YHQ 10-bobi 66-bandiga asosan: Harakat ikki tomonlama bo‘lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo‘l chizig‘i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo‘llarda, ikki yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan o‘rta qatorga faqat quvib o‘tish, aylanib o‘tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.
8. Haydovchi to‘xtash oldidan ogohlantiruvchi ishora berishga qachon majbur?
Faqat shu holdaki, agar uning orqasidan boshqa transport vositasi harakat qilsa
Faqat aholi punktlarida
Barcha hollarda
To'g'ri javob: Barcha hollarda
YHQ 8-bobi 45-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Haydovchi harakatlanishni boshlashdan, qayta tizilishdan, burilish (qayrilib olish) dan va to‘xtashdan oldin tegishli yo‘nalishni ko‘rsatuvchi yorug‘lik ishoralarini yoqishi, ular bo‘lmaganda yoki ishlamaganda qo‘l bilan ishoralar berishi shart.
9. To‘xtash qoidasini buzgan haydovchilar qaysi javobda to‘liq ko‘rsatilgan?
Qizil avtomobil va mototsikl haydovchilari
Ko‘k avtomobil haydovchisi
Mototsikl haydovchisi
Barcha transport vositalarining haydovchilari
To'g'ri javob: Barcha transport vositalarining haydovchilari
YHQ 1-ilovasi 3-bo‘limining o‘ttiz birinchi xatboshisiga asosan: 3.27. “To‘xtash taqiqlangan”. Transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishi taqiqlanishini bildiradi. YHQ 1-ilovasi 7-bo‘limining to‘qqizinchi xatboshisiga asosan: 7.2.4 - haydovchilarga ularning 3.27 yo‘l belgisi ta'sir doirasida ekanliklari haqida axborot beradi. Harakat ikki tomonlama bo‘lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo‘l chizig‘i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo‘llarda, ikki yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan o‘rta qatorga faqat quvib o‘tish, aylanib o‘tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.
10. Piyodalar o‘tish joyiga qancha masofa yetmasdan to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat beriladi?
3 metr
5 metr
10 metr
To'g'ri javob: 10 metr
YHQ 13 – bobi 91-bandi: To‘xtash taqiqlanadi: Piyodalar o‘tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda.
11. Kesishayotgan qatnov qismi chetiga qanchadan kam masofa qolganda to‘xtash taqiqlanadi?
40 metr
45 metr
30 metr
To'g'ri javob: 30 metr
YHQ 13-bobi 91-bandi: To‘xtash taqiqlanadi: Qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorraxalarda yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq, yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).
12. Yo'naltirgichlar bilan ko'rsatilgan qaysi yo'nalishlarda harakatlanish ruxsat etiladi?
А.
В.
А va В.
To'g'ri javob: А.
YHQ 1- ilovasining 5-bo'limidagi 5.11.1 belgi "Qayrilish joyi" belgisi bo'lib chapga burilish taqiqlanadi.
13. Bu yo‘l chizig‘i nimani bildiradi?
Faqat avtobus harakatlanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lakni bildiradi
Faqat belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lakni bildiradi
Avtobus va trolleybuslar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lakni bildiradi
Avtobus va marshrutli taksi (alohida kichik avtobuslar)larning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lakni bildiradi
To'g'ri javob: Faqat belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lakni bildiradi
YHQ 2-ilovasining 1-bo‘limidagi 1.23 chizig‘i faqat yo‘nalishli transport vositalari uchun mo‘ljallangan bo‘lagini bildiradi.
14. Chorrahani ikkinchi bo'lib kesib o'tadi:
Yashil avtomobil.
Qizil avtomobil.
Ko'k avtomobil.
Sariq avtomobil.
To'g'ri javob: Qizil avtomobil.
YHQ 16-bobi 106-,105 - va 104 - bandlariga asosan, asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak.
15. Mototsiklning haydovchisi qanday holda chapga to'g'ri burildi?
Chorrahaga chiqdi, yuk avtomobilini o'tkazib yubordi, burilishni tugalladi.
Chorrahaga chiqdi va tartibga soluvchining ruxsat etuvchi ishorasini kutib, burilishni tugalladi.
To'xtadi va tartibga soluvchining ruxsat etuvchi ishorasida to'xtamay chapga burildi.
To'g'ri javob: To'xtadi va tartibga soluvchining ruxsat etuvchi ishorasida to'xtamay chapga burildi.
YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining qo'llari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va o'ng yon tomonidan tramvayga to'g'riga, relssiz transport vositalariga to'g'riga va o'ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi. O'ng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi;
piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat etiladi.
16. Ko‘k avtomobilga qaysi yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?
Faqat orqa yo‘nalishda
To‘g‘riga, chap va orqa yo‘nalishda
Chap va orqa yo‘nalishda
Barcha yo‘nalishlarda
To'g'ri javob: Chap va orqa yo‘nalishda
YHQ 10-bobining 66-bandiga muvofiq, harakat ikki tomonlama bo'lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo'l chizig'i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo'llarda, ikki yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan o'rta qatorga faqat quvib o'tish, aylanib o'tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.
17. Qayta tizilish oldidan ogohlantiruvchi ishora qachon berilishi kerak?
Bevosita manyovrni bajarishni boshlash oldidan.
Manyovrni bajarishni boshlagandan so'ng zudlik bilan.
Manyovrni bajarishdan oldinroq.
To'g'ri javob: Manyovrni bajarishdan oldinroq.
YHQ 8-bobi 46-bandiga muvofiq, burilish ko'rsatkichi yoki qo'l bilan berilayotgan ishora manyovrni bajarishdan oldinroq berilishi kerak.
18. Burilish vaqtida qatnov qismining kesishmasidan chiqishda transport vositasi qayerda bo‘lmasligi kerak?
Chap tasmada, agar o‘ng tasma bo‘sh bo‘lsa
Qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakat tomonida
Agar bir yo‘nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam bo‘lmagan tasma bo‘lganda, chap tasmada
Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan faqat yuk avtomobillariga bir yo‘nalishda harakatlanishi uchun ikkita tasma bo‘lsa, chap tasmada
To'g'ri javob: Qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakat tomonida
YHQ 9-bobi 57-bandiga muvofiq, burilishni shunday amalga oshirish kerakki, bunda qatnov qismlarining kesishmasidan chiqayotgan transport vositasi qarama-qarshi yo'nalishdagi harakatlanish tomoniga o'tib ketmasligi kerak.
19. Yo‘lning chapga burilishiga yaqinlashganingizda, u o‘ylaganingizdan ko‘ra ancha keskinroq burilish bo‘lib chiqsa, siz:
Tezlikni o‘zgartirmay yo‘l qatnov qismining chap yoqasidan harakatni davom ettirishingiz kerak
Harakat tezligini kamaytirishingiz kerak
Burilishdan tezroq o‘tish uchun tezlikni oshirishingiz kerak
To'g'ri javob: Harakat tezligini kamaytirishingiz kerak
Burilishda o‘tayotgan vaqtda haydovchi shuni inobatga olishi lozimki, avtomobilning harakat tezligi kattalashganida markazdan qochirma kuch tezlik kvadratiga mos ravishda ortadi va transport vositasini ag‘darilishiga olib kelishi mumkin.
20. Furgon yukxonasida odamlarni tashishga ruxsat etiladimi?
Taqiqlanadi
Ruxsat etiladi
Agar ularning tuzilishi odamlarni tashishga moslashtirilgan bo‘lsa, ruxsat etiladi
To'g'ri javob: Agar ularning tuzilishi odamlarni tashishga moslashtirilgan bo‘lsa, ruxsat etiladi
YHQ 26-bobi 159-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan, odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: transport vositasining kabinasidan tashqarida (odam tashish uchun mo‘ljallangan bortli yuk yoki furgon-yuk xonali avtomobillar bundan mustasno).