22-bilet savollari va javoblari

1. Yengil avtomobilning tom qismiga o‘rnatilgan yukxonasida yuk tashishda, yukning uzunligi avtomobilning gabaritidan necha metrdan oshmasa tashishga yo‘l qo‘yiladi?

  1. 0,5 metr
  2. 1,0 metr
  3. 1,2 metr
  4. 2,0 metr

To'g'ri javob: 0,5 metr

premium_required

2. Qaysi belgi kesishadigan yo‘l bo‘ylab harakat qilayotgan transport vositalariga yo‘l berish majburiyatini yuklaydi?

Qaysi belgi kesishadigan yo‘l bo‘ylab harakat qilayotgan transport vositalariga yo‘l berish majburiyatini yuklaydi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 4

YHQ 1-ilovasining 2-bo‘limidagi 2.4 “Yo‘l bering” belgisida haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.

3. Transport vositasining haydovchisi oldida "To‘xtash chizig‘i" chizilgan va svetoforning yashil ishorasi yoniq bo‘lgan chorrahaga yaqinlashayotib nima qilishi kerak?

Transport vositasining haydovchisi oldida "To‘xtash chizig‘i" chizilgan va svetoforning yashil ishorasi yoniq bo‘lgan c…
  1. "To‘xtash chizig‘i"da to‘xtashi, so‘ng esa harakatni qayta tiklashi
  2. To‘xtamasdan chorraha orqali harakatni davom ettirishi

To'g'ri javob: To‘xtamasdan chorraha orqali harakatni davom ettirishi

YHQ 7-bobi 31-bandiga muvofiq, svetoforning doirasimon yashil rangli ishorasi harakatlanishga ruxsat beradi.

4. Qaysi transport vositasi haydovchisi yo‘l berishi kerak?

Qaysi transport vositasi haydovchisi yo‘l berishi kerak?
  1. Avtomobil haydovchisi.
  2. Mototsikl haydovchisi.

To'g'ri javob: Mototsikl haydovchisi.

YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo‘ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo‘nalishidan qat'i nazar, yo‘l berishi kerak.

5. Bunday vaziyatda haydovchi nima qilishi kerak?

Bunday vaziyatda haydovchi nima qilishi kerak?
  1. Oldindan fara chiroqlarini yoqib va uzluksiz tovush ishorasini berib, eng kam tezlik bilan, turgan transport vositasini aylanib o‘tishi
  2. Qatnov qismidan o‘tayotgan bolalarga yo‘l berishi
  3. Bu yo‘l qismidan o‘tishi kerak, chunki bolalar qatnov qismini piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tmayaptilar

To'g'ri javob: Qatnov qismidan o‘tayotgan bolalarga yo‘l berishi

YHQ 17-bobi 115-bandiga asosan, "Bolalar guruhini tashish" taniqlik belgisi o'rnatilgan, avariya ishorasi yoqilgan transport vositasi to'xtaganda, unga yaqinlashayotgan haydovchi harakat tezligini kamaytirishi, zarur bo'lsa, to'xtashi va bolalarni o'tkazib yuborishi shart.

6. Qaysi transport vositasining haydovchisi aylanma harakatli charrahaga to‘g‘ri kirayapti?

Qaysi transport vositasining haydovchisi aylanma harakatli charrahaga to‘g‘ri kirayapti?
  1. Ikkala haydovchi ham to‘g‘ri kirayapti
  2. Faqat avtobus haydovchisi
  3. Faqat yengil avtomobil haydovchisi

To'g'ri javob: Ikkala haydovchi ham to‘g‘ri kirayapti

YHQ 9-bobi 56-bandiga asosan, aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o'ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo'nalishda harakatlanishi uchun mo'ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.

7. Avtobus haydovchisiga yo‘lovchilarini tushirish uchun to‘xtashga ruxsat etiladimi?

Avtobus haydovchisiga yo‘lovchilarini tushirish uchun to‘xtashga ruxsat etiladimi?
  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQ 13-bobi 91-bandining to‘rtinchi xatboshisiga asosan, quyidagi joy va holatlarda to‘xtash taqiqlanadi: to‘xtagan transport vositasi bilan sidirg‘a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi bo‘lak yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo‘lgan joylarda.

8. Siz quvib o'tish uchun chiqdingiz va bexosdan ro'paradan kelayotgan avtomobilni ko'rib qoldingiz. Agar siz quvib o'tishni tugallay olishingizga ishonchingiz bo'lmasa, siz:

  1. Tovush xabarini berib va faralarni yoqib quvib o'tishni tugallaguncha davom ettirishingiz kerak.
  2. Tezlikni asta ko'paytirishingiz va quvib o'tishni tezroq tugallashingiz kerak.
  3. Tezlikni kamaytirishingiz va avval egallagan bo'lagingizga qaytishingiz kerak.

To'g'ri javob: Tezlikni kamaytirishingiz va avval egallagan bo'lagingizga qaytishingiz kerak.

YHQ 12-bobi 82-bandi, quvib o'tishni boshlashdan oldin haydovchi o'zi o'tmoqchi bo'lgan harakatlanish bo'lagi quvib o'tish uchun yetarlicha masofada bo'sh ekanligiga, quvib o'tish jarayonida harakatlanishga xavf tug'dirmasligiga va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasligiga, quvib o'tishni tugallayotganda quvib o'tilayotgan transport vositasiga xalaqit bermasdan ilgari egallagan qatorga qaytib o'ta olishiga ishonch hosil qilishi shart.

9. Manyovrdan oldin haydovchi har doim ogohlantiruvchi ishora berishi kerakmi?

  1. Faqat uning orqasida boshqa transport vositasi harakatlanayotgan bo‘lsa
  2. Faqat uning transport vositasi burilishni ko‘rsatuvchi chiroqlar bilan jihozlangan bo‘lsa
  3. Faqat serqatnov harakatli yo‘lda
  4. Yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilarini chalg‘itmagan holda har doim berishi kerak

To'g'ri javob: Yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilarini chalg‘itmagan holda har doim berishi kerak

YHQ 8-bobi 45 - va 46-bandlariga muvofiq, haydovchi manyovrni bajarishdan oldin tegishli yo'nalishni ko'rsatuvchi yorug'lik ishoralarini yoqishi shart. Ishoralar boshqa yo'l harakati qatnashchilarini chalg'itmasligi kerak.

10. Rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositasini to‘xtab turish yoki ta’mirlash joyiga olib borishga ruxsat etiladimi?

  1. Qattiq ulagichda shatakka olinganda ruxsat etiladi
  2. Egiluvchan ulagich bilan shatakka olinganda, harakat xavfsizligini ta’minlovchi tezlikda ruxsat etiladi
  3. Qisman ortish usuli bilan shatakka olinganda ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Qisman ortish usuli bilan shatakka olinganda ruxsat etiladi

YHQ 2-bobi 12-bandining uchinchi xatboshisiga asosan, haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz bo‘lgan, qorong‘i vaqtda yoki yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda - old chiroqlar va orqa gabarit chiroqlari bo‘lmagan yoki yonmayotgan, yomg‘ir, qor yog‘ayotgan vaqtda haydovchi tomonidagi oyna tozalagich ishlamayotgan transport vositalarini boshqarish.

11. Aholi punktidan tashqarida yuk avtomobili yukxonasida odamlarni tashishda qanday eng yuqori tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi?

  1. 40 km/s
  2. 50 km/s
  3. 60 km/s
  4. 70 km/s
  5. 80 km/s

To'g'ri javob: 60 km/s

YHQ 11-bobi 80-bandining birinchi xatboshisiga asosan, har qanday yo‘llarda: yukxonasida odam tashiyotgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan.

12. Bu belgida qaysi yuk avtomobili harakatni davom ettirishi mumkin?

Bu belgida qaysi yuk avtomobili harakatni davom ettirishi mumkin?
  1. 8 tonnagacha yuk ortgan avtomobil
  2. 8 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lgan bo‘sh avtomobil
  3. Ruxsat etilgan to‘la vazni 8 tonnadan ortiq bo‘lmagan yuk avtomobili

To'g'ri javob: Ruxsat etilgan to‘la vazni 8 tonnadan ortiq bo‘lmagan yuk avtomobili

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.4 "Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan" belgisiga muvofiq, to'la vazni 3,5 tonnadan (agar vazni belgida ko'rsatilmagan bo'lsa) yoki to'la vazni belgida ko'rsatilgandan ortiq bo'lgan yuk avtomobillari va transport vositalari tarkiblarining, shuningdek traktorlar, o'ziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.

13. Bu yotiq chiziq nimani bildiradi?

Bu yotiq chiziq nimani bildiradi?
  1. Piyodalar o‘tish joyini
  2. Velosiped yo‘lkasi qatnov qismini kesib o‘tadigan joyni
  3. Mol haydaladigan joyni

To'g'ri javob: Velosiped yo‘lkasi qatnov qismini kesib o‘tadigan joyni

YHQ 2-ilovasining 1-bo'limidagi 1.15 chizig'i yo'lning velosiped yo'lkasi kesib o'tgan joyini bildiradi.

14. Ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan kam bo‘lgan yuk avtomobili haydovchisiga avtomagistrallarda nima taqiqlangan?

  1. Yo‘lning chetki o‘ng tasmasida harakatlanish
  2. Orqa bilan harakatlanish
  3. Mexanik transport vositalarini shatakka olish
  4. Barcha sanab o‘tilgan harakatlar

To'g'ri javob: Orqa bilan harakatlanish

YHQ 19-bobi 121-bandi 5-xatboshiga asosan, avtomagistrallarda orqaga harakatlanish taqiqlanadi.

15. Yo‘lovchilarni tushirish uchun bu belgi o‘rnatilgan tasmada to‘xtashga ruxsat etiladimi?

Yo‘lovchilarni tushirish uchun bu belgi o‘rnatilgan tasmada to‘xtashga ruxsat etiladimi?
  1. Agar tasma qatnov qismining o‘ng chetida joylashgan va u yotiq uzluksiz chiziq bilan qatnov qismidan ajratilmagan bo‘lsa ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Agar tasma qatnov qismining o‘ng chetida joylashgan va u yotiq uzluksiz chiziq bilan qatnov qismidan ajratilmagan bo‘lsa ruxsat etiladi

YHQ 22-bobi 132-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshlariga asosan: Agar 5.9 yo‘l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo‘lsa, burilmoqchi bo‘layotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak. Shuningdek, bunday joylarda yo‘nalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo‘lga chiqish, qatnov qismining chetki o‘ng tomonida yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo‘lakka o‘tishga ruxsat etiladi.

16. Qaysi transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak?

Qaysi transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak?
  1. Avtobus haydovchisi
  2. Yuk tashuvchi avtomobil haydovchisi

To'g'ri javob: Yuk tashuvchi avtomobil haydovchisi

YHQ 21-bobi 128-bandiga asosan, agar yo'lning 1.13 va 1.14 yo'l belgilari bilan belgilangan qiyaliklarda, qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan to'siq bo'lsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak.

17. Chorrahani kesib o'tish navbatini ko'rsating:

Chorrahani kesib o'tish navbatini ko'rsating:
  1. Ko'k, qizil ayni vaqtda yashil bilan.
  2. Qizil, ko'k, yashil.
  3. Qizil ayni vaqtda yashil bilan, ko'k.

To'g'ri javob: Qizil ayni vaqtda yashil bilan, ko'k.

YHQ 16-bobi 104 bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak.

18. Qayta tizilishda haydovchi boshqa transport vositalariga yo‘l berishi kerakmi?

  1. Kerak, agar transport vositasi qo‘shni bo‘lak bo‘yicha yo‘lakay harakat qilsa
  2. Kerak emas
  3. O‘zaro qayta tizilishda barcha hollarda kerak

To'g'ri javob: Kerak, agar transport vositasi qo‘shni bo‘lak bo‘yicha yo‘lakay harakat qilsa

YHQ 9-bobi 55-bandiga asosan: Haydovchi qayta tizilishda harakatlanish yo‘nalishini o‘zgartirmasdan harakatlanayotgan yo‘lakay transport vositalariga yo‘l berishi kerak. Bir yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganlarida haydovchi o‘ng tomondagi transport vositasiga yo‘l berishi kerak.

19. Yo‘naltirgichlar bilan ko‘rsatilgan qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etilgan?

Yo‘naltirgichlar bilan ko‘rsatilgan qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etilgan?
  1. Faqat to‘g‘riga
  2. Faqat o‘ngga
  3. Faqat chapga
  4. Faqat to‘g‘riga va o‘ngga
  5. Barcha yo‘nalishlarga

To'g'ri javob: Barcha yo‘nalishlarga

premium_required

20. Mazkur taniqlik belgisi nimani bildiradi?

Mazkur taniqlik belgisi nimani bildiradi?
  1. Oldinda qatnovning notekis bo‘lgan yo‘l qismini
  2. Oldinda shu yo‘nalishda harakatlanish uchun uch tasmali yo‘l qismini
  3. Mexanik transport vositasida tishli turumlangan (shiplar) shinalar o‘rnatilganini

To'g'ri javob: Mexanik transport vositasida tishli turumlangan (shiplar) shinalar o‘rnatilganini

YHQ 29-bobida 176-bandida keltirilgan 2-izohga asosan, "Turumlangan" (tishli, shipli) — turumlangan shinali mexanik transport vositalarining orqasida — ichiga qora rangda "T" harfi tushirilgan, qizil hoshiyali, oq rangli uchi yuqoriga yo'naltirilgan teng tomonli uchburchak ko'rinishida. Uchburchakning tomonlari 200 millimetrdan kam bo'lmasligi, hoshiyasining kengligi uchburchak tomonining 1/10 qismiga teng bo'lishi kerak.