17-bilet savollari va javoblari

1. Yo‘lovchilarga haydovchi transport vositasini boshqarayotganda, uni chalg‘itishga ruxsat etiladimi?

Yo‘lovchilarga haydovchi transport vositasini boshqarayotganda, uni chalg‘itishga ruxsat etiladimi?
  1. Belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalarida faqat bir martalik chiptalar sotib olish uchun ruxsat etiladi
  2. Ruxsat etiladi
  3. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQ 5-bobi 24-bandi 1-xatboshiga asosan, yo'lovchilarga transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalg'itish (o'nga halaqit berish) taqiqlanadi.

2. Qaysi transport vositalariga ushbu belgining amal qilishi tatbiq etilmaydi?

Qaysi transport vositalariga ushbu belgining amal qilishi tatbiq etilmaydi?
  1. Boshqarishni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan mexanik transport vositalariga
  2. Taksometri ishlab turgan taksilarga
  3. "Nogiron" taniqlik belgisi o‘rnatilgan nogiron boshqarayotgan avtomobilga
  4. Bolalar guruhini tashkiliy tashiyotgan transport vositalariga
  5. Ikkinchi va uchinchi javoblarda ko‘rsatilgan transport vositalariga

To'g'ri javob: Ikkinchi va uchinchi javoblarda ko‘rsatilgan transport vositalariga

YHQ 1-ilovasining 3-bo'limi 3.28 belgi talabiga asosan, "To'xtab turish taqiqlangan" barcha transport vositalarining to'xtab turishi taqiqlanadi (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo'yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno). 3.28 belgisining taksometri ishlab turgan taksilarga, "Nogiron" tanish belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali motosikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilarga taalluqli emas.

3. Haydovchilardan qaysi biri yo‘lovchilarni tushirish uchun to‘g‘ri to‘xtadi?

Haydovchilardan qaysi biri yo‘lovchilarni tushirish uchun to‘g‘ri to‘xtadi?
  1. Ko‘k va qizil avtomobillarning haydovchilari
  2. Mototsikl va ko‘k avtomobil haydovchilari
  3. Faqat ko‘k avtomobil haydovchisi
  4. Barcha haydovchilar

To'g'ri javob: Mototsikl va ko‘k avtomobil haydovchilari

YHQ 2-ilovasi 1-bo‘limining oltinchi, o‘n ikkinchi va yigirma birinchi xatboshlariga asosan: 1.4 – to‘xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “To‘xtash taqiqlangan” yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi hamda yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq ustidan chiziladi;

4. Enli uzuq-uzuq chiziq ko'rinishidagi yotiq chiziq nimani bildiradi?

Enli uzuq-uzuq chiziq ko'rinishidagi yotiq chiziq nimani bildiradi?
  1. Qatnov qismi bilan yo'l yoqasi o'rtasidagi chegarani.
  2. Tezlashish yoki sekinlashish tasmasi bilan yo'lning qatnov qismidagi asosiy tasmasi o'rtasidagi chegarani.
  3. Transport vositalarining to'xtashi va to'xtab turishi uchun belgilangan maydonchalarni.

To'g'ri javob: Tezlashish yoki sekinlashish tasmasi bilan yo'lning qatnov qismidagi asosiy tasmasi o'rtasidagi chegarani.

YHQ 2-ilovasining 1-bo'limi 1.8 chizig'i (enli uzuq-uzuq chiziq) – tezlashish yoki sekinlashish tasmasi bilan yo'lning qatnov qismidagi asosiy tasmasi o'rtasidagi chegarani bildiradi (chorrahalarda, yo'lning turli sathda kesishgan qismlarida, avtobuslar to'xtaydigan joylarda va boshqalar). 1.8 chizig'ini istalgan tomondan bosib o'tish mumkin.

5. Qaysi transport vositasining haydovchisi birinchi navbatda harakatlanish huquqiga ega?

Qaysi transport vositasining haydovchisi birinchi navbatda harakatlanish huquqiga ega?
  1. Avtomobil haydovchisi.
  2. Mototsikl haydovchisi.

To'g'ri javob: Mototsikl haydovchisi.

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

6. Bunday vaziyatda qizil avtomobilning haydovchisiga quvib o‘tish ruxsat etiladimi?

Bunday vaziyatda qizil avtomobilning haydovchisiga quvib o‘tish ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Faqat ro‘paradan kelayotgan transport vositalari yo‘qligida ruxsat etiladi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQ 10-bobi 66-bandiga asosan: Harakat ikki tomonlama bo‘lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo‘l chizig‘i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo‘llarda, ikki yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan o‘rta qatorga faqat quvib o‘tish, aylanib o‘tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.

7. Ushbu yo‘l belgisi qanday nomlanadi?

Ushbu yo‘l belgisi qanday nomlanadi?
  1. Bir izli temir yo‘l kesishmasi
  2. Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashuv
  3. Shlagbaumli temir yo‘l kesishmasi

To'g'ri javob: Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashuv

premium_required

8. Qanday joylarda to‘xtab turish taqiqlanadi?

  1. Qatnov qismi kesishmasining chekkasiga 30 metrdan ko‘p masofa qolganda
  2. Piyodalar o‘tish joyi oldiga 10 metrdan ko‘p masofa qolganda
  3. Piyodalar o‘tish joyidan o‘tgandan keyin bir metr masofa uzoqlikda
  4. Transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan va piyodalarning harakatida halaqit beradigan joylarda
  5. Sanab o‘tilgan barcha hollarda

To'g'ri javob: Transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan va piyodalarning harakatida halaqit beradigan joylarda

YHQ 13-bob 91-bandiga asosan: Quyidagi joy va holatlarda to‘xtash taqiqlanadi: piyodalar o‘tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda; qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno); transport vositasi svetafor ishoralari, yo‘l belgilarini boshqa haydovchilardan to‘sib qo‘yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga halaqit beradigan joylarda.

9. Haydovchi avtopoyezdni tormozlashning qaysi qoidalariga rioya qilishi kerak?

  1. Tormoz tepkisini keskin kuchli bosish – ulagichni ajratgan holda
  2. Oldindan tezlikni kamaytirib, ulagichni ajratmay, bir tekis tormozlash

To'g'ri javob: Oldindan tezlikni kamaytirib, ulagichni ajratmay, bir tekis tormozlash

Tormoz tizimi mavjud bo‘lmagan tirkamani ulash vaqtida ulangan transport vositalarining umumiy vazni kattalashgani bois avtomobilning tormoz yo‘li ortadi. Avtopoyezdni faqat yo‘lning to‘g‘ri uchastkalarda to‘xtatish mumkin, bunda uning to‘liq vazni bir chiziqda bo‘lishi kerak. Aylana yo‘lda shatakchi avtomobilning ag‘darilishi, yo‘l chetiga chiqib ketishi yoki shatakchi moslamaning ishdan chiqishiga olib keluvchi tirkamaning surilib ketishi yoki avtopoyezdning buklanishi yuzaga kelishi mumkin.

10. Mototsiklning orqa o‘rindig‘ida bolalarni tashishga ruxsat etiladimi?

  1. 12 yoshga to‘lmagan bolalarga katta yoshdagi yo‘lovchi kuzatuvida ruxsat etiladi
  2. 12 yoshga to‘lgan va undan katta bolalarga ruxsat etiladi
  3. Har ikki holatda taqiqlanadi

To'g'ri javob: 12 yoshga to‘lgan va undan katta bolalarga ruxsat etiladi

YHQ 26-bobi 159-bandining to‘rtinchi va beshinchi xatboshilariga asosan, odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: Mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlarning konstruksiyasida ko‘zda tutilgan joylardan tashqarida; 12 yoshga to‘lmagan bolalarni mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterning orqa o‘rindig‘ida, shuningdek, bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan transport vositasining old o‘rindig‘ida.

11. Bu yotiq chiziq nimani anglatadi?

Bu yotiq chiziq nimani anglatadi?
  1. Transport vositalari oqimi qo'shiladigan joylardagi yo'naltiruvchi orolchani.
  2. Qatnov qismidagi xavfli joylarda piyodalar uchun orolchani.
  3. Transport vositalari to'xtab turish qatnov chegarasini.
  4. Transport vositalari oqimi ajraladigan joydagi yo'naltiruvchi orolchani.

To'g'ri javob: Transport vositalari oqimi qo'shiladigan joylardagi yo'naltiruvchi orolchani.

YHQ 2-ilovasining 1-bo'limidagi 16.3 chizig'i transport oqimlarini qo'shiladigan joylarida yo'naltiruvchi orolchalarni bildiradi.

12. Chorrahada qaysi yo'nalishlarda harakat qilish ruxsat etiladi?

Chorrahada qaysi yo'nalishlarda harakat qilish ruxsat etiladi?
  1. Faqat D va F.
  2. A, B, D, E.
  3. B,C,D,E.

To'g'ri javob: Faqat D va F.

YHQ 1-ilovasining 5-bo'limidagi 5.8.1 "Tasmalar bo'yicha harakat yo'nalishi" belgisi bo'laklar soni va har biri bo'lak bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishini ko'rsatadi. Chorrahadan oldin o'rnatilgan 5.8.1 belgisining ta'siri, agar shu turkumdagi boshqa belgilar o'rnatilmagan bo'lsa, butun chorrahaga tatbiq etiladi.

13. Qatnov qismi o‘ng tasmasi bo‘ylab harakatlanishga qaysi transport vositasiga ruxsat etilgan?

Qatnov qismi o‘ng tasmasi bo‘ylab harakatlanishga qaysi transport vositasiga ruxsat etilgan?
  1. Barcha mexanik transport vositalariga
  2. Belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalariga va yo‘nalishsiz yengil taksilarga
  3. Faqat velosipedlar va mopedlarga
  4. Faqat belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalariga

To'g'ri javob: Faqat belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalariga

YHQ 2-ilovasining 1-bo'limiga asosan, 1.23 yotiq chizig'i – yo'lning faqat yo'nalishli transport vositalari uchun mo'ljallangan tasmasini bildiradi. Yo'nalishli transport vositasi — belgilangan yo'nalishi va bekatlari bo'lgan, yo'lovchi tashish uchun mo'ljallangan umumiy foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yo'nalishli taksi).

14. Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:

Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:
  1. Tramvay, sariq, yashil avtomobillar.
  2. Tramvay va yashil avtomobil, sariq avtomobil.
  3. Yashil, sariq avtomobillar, tramvay.

To'g'ri javob: Tramvay va yashil avtomobil, sariq avtomobil.

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bunday chorrahalarda, keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi.

15. Qaysi transport vositasining haydovchisiga belgida ko'rsatilgan tezlik bilan harakatlanishga ruxsat berilgan?

Qaysi transport vositasining haydovchisiga belgida ko'rsatilgan tezlik bilan harakatlanishga ruxsat berilgan?
  1. Har ikki haydovchiga.
  2. Faqat mikroavtobus haydovchisiga.
  3. Har ikkisiga taqiqlangan.

To'g'ri javob: Faqat mikroavtobus haydovchisiga.

YHQ 11-bobi 79-bandi 2-xatboshiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida shaharlararo qatnaydigan avtobuslarga va mikroavtobuslarga tezlikni soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi. YHQ 11-bobi 80-bandi 1-xatboshiga asosan, har qanday yo'llarda yukxonasida odam tashiyotgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

16. Rul boshqaruvida o‘rganuvchi bo‘lsa, ushbu transport vositasiga qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishga ruxsat beriladi?

Rul boshqaruvida o‘rganuvchi bo‘lsa, ushbu transport vositasiga qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishga ruxsat beri…
  1. Hamma yo‘nalishlarga
  2. Faqat o‘ngga
  3. O‘ngga, chapga va qayrilishga

To'g'ri javob: O‘ngga, chapga va qayrilishga

YHQ 20-bobi 124- bandi 1-xatboshiga asosan, turar joy dahalarida mexanik transport vositasini boshqarishni o'rganish taqiqlanadi.

17. Chorrahani kesib o‘tishda tramvay yo‘li bo‘ylab harakatlanishga ruxsat etiladimi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Agar qarama-qarshi yo‘nalishdagi tramvayga to‘sqinlik qilmasa, ruxsat etiladi
  3. Qarama-qarshi yo‘nalishdagi tramvay yo‘llari bo‘ylab ruxsat etiladi
  4. Boshqa tasmalar band bo‘lganda, aylanib o‘tishga, chapga burilish va qayrilib olishga, bir yo‘nalishdagi tramvay yo‘llari bo‘ylab harakatlanishga ruxsat etiladi (agar chorrahadan oldin 5.8.1 yoki 5.8.2 yo‘l belgilari o‘rnatilmagan bo‘lsa). Bunda tramvayga halal bermaslik kerak

To'g'ri javob: Boshqa tasmalar band bo‘lganda, aylanib o‘tishga, chapga burilish va qayrilib olishga, bir yo‘nalishdagi tramvay yo‘llari bo‘ylab harakatlanishga ruxsat etiladi (agar chorrahadan oldin 5.8.1 yoki 5.8.2 yo‘l belgilari o‘rnatilmagan bo‘lsa). Bunda tramvayga halal bermaslik kerak

YHQ 10-bobi 69-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Bir yo‘nalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan bir sathda joylashgan tramvay yo‘lidan, shu yo‘nalishdagi boshqa tasmalar band bo‘lganda harakatlanishga, shuningdek, aylanib o‘tishga, chapga burilish va qayrilib olishga ushbu Qoidalarning 56-bandini hisobga olgan holda ruxsat etiladi. Biroq bu tramvayga xalaqit bermasligi kerak. Qarama-qarshi yo‘nalishdagi tramvay yo‘lidan harakatlanish taqiqlanadi.

18. Qayta tizilish deb nimaga aytiladi?

  1. Dastlabki harakat yo‘nalishini saqlagan holda o‘z harakatlanish tasmasidan boshqa harakatlanish qatoriga o‘tish
  2. Qatnov qismining maxsus ajratilgan, 5.35 – 5.37 yo‘l belgilari, 1.9 yo‘l chizig‘i bilan belgilangan va ustida reversiv svetafor o‘rnatilgan bo‘lagida harakatlanish yo‘nalishini qarama-qarshi tomonga o‘zgartirish
  3. Xavf tug‘ilganda yo‘ldagi boshqa harakat qatnashchilarining harakatlanishiga to‘sqinlik qilmaslik uchun haydovchilar tomonidan bajariladigan harakat (manyovr)

To'g'ri javob: Dastlabki harakat yo‘nalishini saqlagan holda o‘z harakatlanish tasmasidan boshqa harakatlanish qatoriga o‘tish

YHQ umumiy qoidalar: Qayta tizilish - dastlabki harakat yo‘nalishini saqlagan xolda o‘z harakatlanish tasmasidan boshqa harakatlanish qatoriga o‘tish.

19. Qattiq charchoq boshlanishining asosiy tashqi alomatlari qanday?

Qattiq charchoq boshlanishining asosiy tashqi alomatlari qanday?
  1. Ko'z sanchib og'riydi, yuz terisi oqaradi, uyqu bosadi.
  2. Yuz qizil tusga kiradi, qo'l-oyoqlar soviydi, ongi xiralashadi.
  3. Mushaklarda horg'inlik seziladi, quloqlarda shovqin, bosh aylanadi, muzdek yopishqoq ter chiqadi.

To'g'ri javob: Ko'z sanchib og'riydi, yuz terisi oqaradi, uyqu bosadi.

Haydovchi toliqishining o'ziga xos alomatlariga uyqu kelishi, lanjlik va diqqatning pasayishi kiradi. Bu holatda transport vositasini boshqarish xavfli bo'lganligi bois, taqiqlangan.

20. Tashilayotgan yuk DYHX xizmatining ruxsatisiz yuk avtomobillarining oldi va orqa nuqtasidan qancha eng katta uzunlikda chiqib turishi mumkin?

Tashilayotgan yuk DYHX xizmatining ruxsatisiz yuk avtomobillarining oldi va orqa nuqtasidan qancha eng katta uzunlikda…
  1. 2,0 m
  2. 1,5 m
  3. 1,0 m
  4. 2,5 m
  5. 4,0 m

To'g'ri javob: 2,0 m

Yuki transport vositasining oldi va orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi belgilangan tartibda DYHXX bilan kelishilgan bo'lishi kerak.