16-bilet savollari va javoblari

1. Ushbu belgilar amal qiladigan hududda “Nogiron” taniqlik belgisi bo‘lgan avtomobilga to‘xtashga ruxsat etiladimi?

Ushbu belgilar amal qiladigan hududda “Nogiron” taniqlik belgisi bo‘lgan avtomobilga to‘xtashga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi

YHQ 1 – ilovasi 7 – bo‘limining o‘ttiz birinchi xatboshisiga asosan: 7.18 “Nogironlar mustasno”. Belgilarning ta'siri ushbu qoidalarning 175 – bandiga muvofiq “Nogiron” taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositalariga joriy etilmaydi.

2. Qaysi belgi yo‘lning xavfli burilishiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi?

Qaysi belgi yo‘lning xavfli burilishiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 2

YHQ 1-ilovasining 1-bo'limidagi 1.11.2 “Xavfli burilish” belgisi yo'lning kichik radiusli yoki ko'rinish cheklangan burilish joyi haqida ogohlantiradi, 1.11.2-chapga.

3. Qaysi yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishga ruxsat etilgan?

Qaysi yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishga ruxsat etilgan?
  1. A
  2. B
  3. A va B

To'g'ri javob: A va B

YHQ 1-ilovasining 1-bo'limi 1.11.2 belgisi "Xavfli burilish" – chapga, yo'lning kichik radiusli yoki ko'rinishi cheklangan burilish joyini bildiradi va 1.31.2 yo'l belgisi "Burilishning yo'nalishi", kichik radiusli, ko'rinishi cheklangan yo'lda harakatlanish yo'nalishini va yo'lning ta'mirlanayotgan qismini aylanib o'tish yo'nalishini bildiradi. To'g'riga chapga yoki o'nga harakatlanish taqiqlanmagan.

4. Avtomagistralda boshqarishni o‘rganish:

  1. 70 km/soatdan oshmagan tezlik bilan ruxsat berilgan
  2. Boshqarishni o‘rgatuvchi yo‘riqchi bilan o‘rganuvchida yetarli boshqarish malakasi bo‘lganda 60 km/soatdan ortiq bo‘lmagan tezlikda ruxsat etilgan
  3. Taqiqlangan
  4. Agar o‘rganilayotgan mexanik transport vositasida taniqlik belgilari qayd etilgan bo‘lsa, ruxsat etilgan

To'g'ri javob: Taqiqlangan

YHQ 19-bo'limi 121-bandi 6-xatboshiga asosan, avtomagistrallarda transport vositasini boshqarishni o'rganish taqiqlanadi.

5. Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:

Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:
  1. Yashil, ko'k, qizil.
  2. Ko'k, qizil, yashil.
  3. Ko'k bilan yashil bir vaqtda, qizil.

To'g'ri javob: Ko'k, qizil, yashil.

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

6. Ushbu belgi o‘rnatilgan joyda shatakka olishni amalga oshirishning eng yuqori tezligi qanday?

Ushbu belgi o‘rnatilgan joyda shatakka olishni amalga oshirishning eng yuqori tezligi qanday?
  1. 30 km/s
  2. 50 km/s
  3. 70 km/s
  4. 80 km/s

To'g'ri javob: 50 km/s

YHQ 11-bobi 80-bandi 3-xatboshiga asosan, har qanday yo'llarda mexanik transport vositalarini shatakka olgan transport vositalariga tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

7. Yo‘l yoqasi mavjud bo‘lganda haydovchi transport vositasini qayerda to‘xtatishi kerak?

  1. Yo‘l yoqasi ustida
  2. Yo‘l chekkasida, yo‘l yoqasidan 0,5 metr masofada
  3. Qatnov qismining o‘ng tasmasida

To'g'ri javob: Yo‘l yoqasi ustida

YHQ 13-bobi 88-bandiga asosan, transport vositalariga yo‘lning o‘ng tomonida yo‘l yoqasida, u bo‘lmaganda esa qatnov qismining chetida to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi.

8. Shu joyda to‘xtab turishga ruxsat etiladimi?

Shu joyda to‘xtab turishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

YHQ 1 – ilovasi 7 – bo‘limining o‘ttiz birinchi xatboshisiga asosan: 7.18 “Nogironlar mustasno”. Belgilarning ta‘siri ushbu qoidalarning 175 – bandiga muvofiq “Nogiron” taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositalariga joriy etilmaydi.

9. N2, N3, O3, O4 toifadagi avtotransport vositalari shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi qanchadan kam bo‘lmasligi kerak?

  1. 1,5 mm
  2. 1 mm
  3. 1,6 mm
  4. 2 mm
  5. 3 mm

To'g'ri javob: 1 mm

YHQ 3-ilovasining 5.1-bandiga muvofiq, agar shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, O3, o4 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,0 mm dan kam bo'lsa; M1, N1, O1, O2 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,6 mm dan, kam bo'lsa; m2, m3 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 2,0 mm dan kam bo'lsa; motosikl va mopedlar (skuterlar, Kvadrosikllar) uchun — 0,8 mm dan kam bo'lsa transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.

10. Tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetmasdan va o‘tib ketib 300 metrdan kam masofada qanday eng yuqori tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi?

  1. 20 km/soat
  2. 30 km/soat
  3. 50 km/soat
  4. 60 km/soat

To'g'ri javob: 30 km/soat

premium_required

11. Quruq yo‘lda darhol to‘xtash uchun nima qilish lozim?

  1. Ulagichni ajratish, shundan keyin darhol tormoz pedalini bosish
  2. Uzatmani almashtirish va tormoz pedalini keskin bosish
  3. Tormoz pedalini ulagichni ajratmasdan bosish

To'g'ri javob: Tormoz pedalini ulagichni ajratmasdan bosish

Keskin tormoz berish - bu birdan paydo bo'lgan yoki kech ko'rib qolingan to'siqqa kelib urilishining oldini olish uchun katta intensivlik (jadallik) bilan tormoz berish tushuniladi. Shu bois, masalan yosh bolaning yo'lda birdan paydo bo'lish ehtimolini inobatga olgan holda haydovchi keskin tormoz berish vaqtida o'zini qanday tuta olishini bilishi lozim. Bunda quyidagi usullar mavjud: rul chambaragini ikki qo'lingiz bilan mahkam ushlang, avtomobil g'ildiraklarini blokirovka qilman chunki g'ildiraklarning uzunasiga sirpanishi tormoz yo'lini qisqartirmaydi; harakatda to'xtab turish tormozini qo'llamang, chunki bu hol orqa g'ildiraklarning sirpanishini kuchaytirishi mumkin. Tormoz tepkisini qattiq (shiddat bilan emas) va ravon, shinaning yo'lga nisbatan ilashishiga qarab, kuchaytirish bosish lozim. Keskin tormoz berish vaqtida ham avtomobil ustidan nazoratni yo'qotmang.

12. Bu belgi nimani bildiradi?

Bu belgi nimani bildiradi?
  1. To‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarining majburiy harakat yo‘nalishini
  2. Yuk avtomobillari uchun majburiy harakat yo‘nalishini
  3. Yuk avtomobillari, traktorlar, o‘ziyurar moslamalar uchun, agar chorrahada yo‘nalishlardan birida harakatlanish taqiqlangan bo‘lsa, tavsiya etiladigan harakat yo‘nalishini
  4. Shaharlararo yuk tashuvchi yuk avtomobillarining harakat yo‘nalishini

To'g'ri javob: Yuk avtomobillari, traktorlar, o‘ziyurar moslamalar uchun, agar chorrahada yo‘nalishlardan birida harakatlanish taqiqlangan bo‘lsa, tavsiya etiladigan harakat yo‘nalishini

YHQ 1 – ilovasining 5 – bo‘limidagi 5.30.2 “Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo‘nalishi” belgisiga asosan, yuk avtomobillari haydovchilariga eng qulay yo‘lni ko‘rsatadi vas hu yo‘l bo‘yicha harakatlanishni tavsiya etadi.

13. Bu yo‘l belgisi oldinda nima borligidan ogohlantiradi?

Bu yo‘l belgisi oldinda nima borligidan ogohlantiradi?
  1. Ko‘prik yoki solda kechimi bo‘lmagan suv to‘siqli yo‘l qismi borligidan
  2. Suv to‘siqli yo‘l qismida ko‘tarma ko‘prik borligidan
  3. Yo‘l daryo yoqasiga yoki biror-bir suv havzasining qirg‘og‘iga chiqiladigan joyi borligidan

To'g'ri javob: Yo‘l daryo yoqasiga yoki biror-bir suv havzasining qirg‘og‘iga chiqiladigan joyi borligidan

YHQ 1-ilovasining 1-bo'limidagi 1.10 belgi "Sohilga chiqish" - daryo yoki suv havzasi qirg'og'iga chiqish haqida ogohlantiradi.

14. Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:

Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:
  1. Qizil chorrahaga kiradi va ko'k avtomobilni o'tkazib yuborish uchun to'xtaydi va ayni vaqtda yashil avtomobil chorrahani kesib o'tadi, ko'k, qizil burilishni tugallaydi.
  2. Qizil, ko'k, yashil.
  3. Ko'k, yashil, qizil.

To'g'ri javob: Qizil chorrahaga kiradi va ko'k avtomobilni o'tkazib yuborish uchun to'xtaydi va ayni vaqtda yashil avtomobil chorrahani kesib o'tadi, ko'k, qizil burilishni tugallaydi.

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

15. Chorrahadan uchinchi bo'lib o'tadi:

Chorrahadan uchinchi bo'lib o'tadi:
  1. Yashil avtomobil.
  2. Ko'k avtomobil.
  3. Qizil avtomobil.

To'g'ri javob: Ko'k avtomobil.

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

16. Yengil avtomobil haydovchilarining qaysi biri aholi punktlarida harakatlanish qoidalarini buzmoqda?

Yengil avtomobil haydovchilarining qaysi biri aholi punktlarida harakatlanish qoidalarini buzmoqda?
  1. Faqat "B" avtomobil haydovchisi.
  2. Ikkalasi ham buzmoqda.
  3. Ikkalasi ham buzmayapti.

To'g'ri javob: Ikkalasi ham buzmayapti.

YHQ 10-bobi 67-bandiga muvofiq, aholi punktlarida haydovchilar o'zlariga qulay bo'lgan harakatlanish bo'lagidan foydalanishlari mumkin. Harakatlanish serqatnovligi sababli boshqa tasmalar band bo'lganda harakatlanish qatorini faqat o'ngga yoki chapga burilish, qayrilib olish, to'xtash yoki to'siqni aylanib o'tish uchun o'zgartirishga ruxsat etiladi. Biroq, bir yo'nalishdagi uch va undan ortiq tasmali har qanday yo'lda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa bo'laklar band bo'lgan hollarda, shuningdek, quvib o'tish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi.

17. Haydovchi harakat tezligini tanlashda nimani hisobga olishi kerak?

  1. Harakatning serqatnovligini, transport vositasi va yukning xususiyati va holatini
  2. Yo‘l va ob-havo sharoitini
  3. Barcha sanab o‘tilgan omillarni

To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan omillarni

YHQ 11-bobi 77-bandi 1-xatboshisiga asosan, haydovchi harakatlanishning serqatnovligini, transport vositasining va yukning xususiyati hamda holatini, yo'l va ob-havo sharoitini, shuningdek, harakatlanish yo'nalishidagi ko'rinishni hisobga olib transport vositasini belgilangan tezlikdan oshirmagan holda xavfsizlikni ta'minlovchi tezlik bilan boshqarishi kerak.

18. To‘siq deb nimaga aytiladi?

  1. Yo‘lning qatnov qismida harakatsiz holda bo‘lgan jism
  2. Tirbandlik tufayli qatnov qismida to‘xtab turgan transport vositasi
  3. Yo‘l harakati xavfsizligiga xavf soluvchi har qanday omil

To'g'ri javob: Yo‘lning qatnov qismida harakatsiz holda bo‘lgan jism

YHQ umumiy qoidalar: To‘siq - yo‘lning qatnov qismida harakatsiz holda bo‘lgan jism (buzilib qolgan transport vositasi, tushib qolgan yuk, yiqilgan daraxt va boshqalar).

19. Haydovchi avtopoyezd harakatlanishida tasma kengligini aniqlashda nimalarni hisobga olishi kerak?

  1. Faqat kengligi bo‘yicha avtopoyezdning o‘lchamini
  2. Kengligi bo‘yicha transport vositasining o‘lchamlarini, shuningdek, tirkamaning chayqalishini hamda uning burilish markaziga siljishini

To'g'ri javob: Kengligi bo‘yicha transport vositasining o‘lchamlarini, shuningdek, tirkamaning chayqalishini hamda uning burilish markaziga siljishini

Yakka avtomobil boshqarishning barcha uslublari avtopoyezd uchun qo‘llanilishi mumkin, biroq uning katta vazni va gabaritlari (tashqi o‘lchami) bois bir qator xossalar bor. Avtopoyezd - bu bitta yarim tirkama yoxud bir yoki bir necha tirkamali shatakchi transport vositasidir. Harakat vaqtida tirkama doim shatakchi avtomobilning harakat yo‘lidan chetga siljib turadi va quvib o‘tish hamda qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakat uchun xavf-xatar tug‘diradi. Avtopoyezdning manyovr qilishi yakka avtomobilga nisbatan yomonroq. Burilish vaqtida avtopoyezd burilish markazi tomon siljiyda va avtopoez harakat bo‘lagi kengayishini haydovchi inobatga olishi lozim.

20. Yengil avtomobillarning oldingi o‘rindig‘ida bolalarni tashishga ruxsat etiladimi?

  1. Aholi punktlarida barcha hollarda ruxsat etiladi
  2. 12 yosh va undan katta bo‘lgan bolalarni tashishga ruxsat etiladi
  3. Katta yoshli yo‘lovchi bo‘lganda yoshidan qat’iy nazaq ruxsat etiladi

To'g'ri javob: 12 yosh va undan katta bo‘lgan bolalarni tashishga ruxsat etiladi

YHQ 26-bobi 159-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: 12 yoshga to'lmagan bolalarni mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterning orqa o‘rindig‘ida, shuningdek, bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma oʻrnatilmagan transport vositasining old o‘rindig‘ida;