1. Piyodalar o‘tish joyi bo‘lmaganda piyodalarga yo‘l qatnov qismining qaysi joyidan kesib o‘tishga ruxsat etiladi?
Chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yo‘l yoqasi bo‘ylab
Qatnov qismining chekkasiga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida, ajratuvchi mintaqasiz va to‘siqsiz har ikki tomon yaxshi ko‘rinadigan joylardan
Barcha sanab o‘tilgan joylardan
To'g'ri javob: Barcha sanab o‘tilgan joylardan
YHQ 4-bobi 17-bandi 2-xatboshiga asosan, piyodalarga ko'rinadigan oraliqda o'tish joyi yoki chorraha bo'lmasa, ajratuvchi mintaqasiz va to'siqsiz yo'llardan yo'lning ikki tomoni yaxshi ko'rinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan to'g'ri burchak ostida kesib o'tish ruxsat etiladi.
2. Qaysi belgi 50 km/soatdan kam tezlikda harakatlanishni taqiqlaydi?
A.
B.
C.
D.
E.
To'g'ri javob: C.
YHQ 1-ilovasining 4-bo'limidagi 4.7 belgi talabiga asosan, "Eng kam tezlik" faqat belgida ko'rsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etiladi.
3. To‘xtashni taqiqlovchi sidirg‘a sariq chiziq qayerda chiziladi?
Harakatlanish qismida
Faqat harakatlanish qatnov qismi chetida
Yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq (bordyur) ustidan chiziladi
Faqat to‘siq (bordyur) ustida
To'g'ri javob: Yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq (bordyur) ustidan chiziladi
YHQ 2 – ilovasi 1 – bo‘limining oltinchi xatboshisiga asosan: 1.4 – to‘xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “To‘хtash taqiqlangan” yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi hamda yo‘lning qatnov qismi chitiga yoki yo’l chetidagi to‘siq ustidan chiziladi.
4. Avtomagistrallarda to'xtashga ruxsat etiladimi?
Taqiqlanadi.
Avtomagistral yaxshi ko'rinadigan joylarda ruxsat etiladi.
Agar bir yo'nalishda harakatlanish uchun uchta bo'lak bo'lsa, ruxsat etiladi.
To'xtash "To'xtash joyi" yoki "Dam olish joyi" belgisi qo'yilgan maxsus maydonchalarda ruxsat etiladi.
To'g'ri javob: To'xtash "To'xtash joyi" yoki "Dam olish joyi" belgisi qo'yilgan maxsus maydonchalarda ruxsat etiladi.
YHQ 18-bobi 121-bandi 3-xatboshiga asosan, avtomagistrallarda 5.15 "To'xtash joyi" yoki 6.11 "Dam olish joyi" belgilar bilan belgilangan maxsus to'xtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda to'xtash taqiqlanadi.
5. Transport vositalari chorrahani qanday tartibda kesib o'tadilar?
2-tramvay ayni vaqtda 1 - tramvay bilan, ko'k avtomobil ayni vaqtda qizil bilan.
2-tramvay, ko'k avtomobil, 1 - tramvay, qizil avtomobil.
To'g'ri javob: 2-tramvay, ko'k avtomobil, 1 - tramvay, qizil avtomobil.
YHQ 16-bobi 106-,105 - va 104 - bandlariga asosan, asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, teng ahamiyatli yo'lda bir yo'nalishda yoki qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.
6. Projektor-fara chiroqdan foydalanishga ruxsat etiladi:
Aholi punktlaridan tashqarida, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bo‘lmaganda
Faqat yetarli ko‘rinmaydigan sharoitda
Agar bunga zaruriyat tug‘ilsa, barcha joylarda
Kunning qorong‘i vaqtida yo‘lning barcha qismlarida
To'g'ri javob: Aholi punktlaridan tashqarida, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bo‘lmaganda
YHQ 23-bobi 139 - bandiga muvofiq, projektor-fara chiroqlari va izlovchi-fara chiroqlaridan aholi punktlaridan tashqarida, qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bo'lmaganda foydalanish mumkin.
7. Agar Siz oldinda harakatlanayotgan avtomobilni quvib o‘tishga chiqsangiz, ko‘rsatilgan hollarning qaysi birida tovush ishorasi berish maqsadga muvofiq?
Quvib o‘tilayotgan avtomobil haydovchisi o‘ngga burilish ko‘rsatkichini yoqqanda
Quvib o‘tilayotgan avtomobil haydovchisi chapga burilish ko‘rsatkichini yoqqanda
Quvib o‘tilayotgan avtomobil haydovchisi tormoz berishni boshlaganda
Quvib o‘tish qorong‘i vaqtda bajarilganda
To'g'ri javob: Quvib o‘tilayotgan avtomobil haydovchisi chapga burilish ko‘rsatkichini yoqqanda
YHQ 8-bobi 48-bandiga muvofiq, tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo'llanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o'tish haqida ogohlantirish uchun; zarur bo'lgan hollarda yo'l-transport hodisasining oldini olish uchun.
8. Bu taniqlik belgisi o‘rnatiladi:
Vaqtinchalik ta’mirlash ishlari olib borilayotgan yo‘l qismlariga
Haydovchilik staji 2 yildan kam bo‘lgan haydovchilar boshqarayotgan mexanik transport vositalariga
Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositalariga
To'g'ri javob: Haydovchilik staji 2 yildan kam bo‘lgan haydovchilar boshqarayotgan mexanik transport vositalariga
premium_required
9. Yengil avtomobil haydovchisi yo'l berishi kerakmi?
Ha.
Yo'q.
To'g'ri javob: Ha.
YHQ 20-bobi 126-bandiga asosan, turar-joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga yo'l berishlari kerak.
10. Yo‘lovchi tashishga mo‘ljallanmagan yuk avtomobilida yukni kuzatib boruvchi yoki qabul qilib oluvchi shaxslarning tashilishiga ruxsat beriladimi?
Agar bort balandligidan pastda joylashgan qulay o‘rindiq bo‘lsa ruxsat beriladi
Avtomagistrallarga tegishli bo‘lmagan yo‘llarda ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
To'g'ri javob: Agar bort balandligidan pastda joylashgan qulay o‘rindiq bo‘lsa ruxsat beriladi
Odam tashish uchun moslashtirilmagan yuk avtomobillarining yukxonasida faqat yukni olish uchun borayotgan yoki uni kuzatib borayotgan shaxslarning bo'lishiga yo'l qo'yiladi, bunda ular bort sathidan pastda o'tirish uchun o'rindiqlar bilan ta'minlangan bo'lishi kerak.
11. Qaysi transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak?
Mayoqchalari va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan tez yordam avtomobilining haydovchisi
Yengil avtomobilning haydovchisi
To'g'ri javob: Yengil avtomobilning haydovchisi
YHQ 6-bobi 26-bandiga muvofiq, haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo'l berishlari shart.
12. Ushbu belgi qaysi transport vositalarini quvib o'tishni taqiqlaydi?
Yengil avtomobillar, mototsikllar va to'la vazni 3,5 tonnadan kam bo'lgan yuk avtomobillarni.
Hammasini, soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan tashqari.
Hammasini.
To'la vazni 3,5 tonnadan ko'p bo'lgan yuk avtomobillarni.
To'g'ri javob: Hammasini, soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan tashqari.
YHQ 1-ilovasining 3-bo'limidagi 3.20 belgi talabiga asosan, "Quvib o'tish taqiqlanadi" belgisi bo'lganda, soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanishini bildiradi.
13. Bu yo‘l chizig‘i bildiradi:
Yakka 40 km/soatdan kam tezlik bilan harakat qiluvchi ikki g‘ildirakli mototsikllar, velosipedchilardan tashqari barcha transport vositalarini quvib o‘tishni taqiqlovchi hududni
Qatnov qismining toraygan joyiga yoki qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan transport oqimini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig‘iga yaqinlashayotganlikni
Faqat belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan qatnov qismining bo‘lagini
To'g'ri javob: Qatnov qismining toraygan joyiga yoki qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan transport oqimini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig‘iga yaqinlashayotganlikni
YHQ 2-ilovasining 1-bo'limidagi 1.19 chizig'iga asosan, qatnov qismining toraygan (shu yo'nalishdagi harakatlanish tasmalarining soni kamaygan) joyiga yoki qarama-qarshi yo'nalishdan kelayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig'iga yaqinlashganlik haqida ogohlantiruvchi chiziq. Birinchi holda 1.18.1 – 1.18.3 belgilari bilan qo'llanilishi mumkin.
14. Chorrahani uchinchi bo'lib kesib o'tadi:
Ko'k avtomobil.
Sariq avtomobil.
Yashil avtomobil.
To'g'ri javob: Yashil avtomobil.
YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.
15. Ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha qaysi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat etiladi?
Tramvay va avtomobil haydovchisiga
Avtomobil va mototsikl haydovchisiga
Avtomobil haydovchisiga
To'g'ri javob: Tramvay va avtomobil haydovchisiga
YHQ 7-bobi 32-bandiga asosan, yo'naltirgich ko'rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma'noga ega bo'ladi. Ular faqat ko'rsatilgan yo'nalishga ta'sir etadi.
16. Qanday holda markazdan qochma kuch burilishda kamayadi?
Boshqaruv rulini burilish tomonga keskin burganda
Harakat tezligi pasayganda
Burilish radiusi kamayganda
To'g'ri javob: Harakat tezligi pasayganda
Burilishdan o'tayotgan vaqtda haydovchi shuni inobatga olishi lozimki, avtomobil harakati tezligi kattalashganida markazdan qochirma kuch ortadi va transport vositasini ag'darilishiga olib kelishi mumkin.
17. Kim yo‘l berishi kerak?
Yuk avtomobil haydovchisi
Yengil avtomobil haydovchisi
To'g'ri javob: Yuk avtomobil haydovchisi
YHQ 21 – bobi 128 – bandga asosan: Yo‘lning 1.13 va 1.14 yo‘l belgilari bilan belgilangan qiyaliklarida, qarama – qarshi yo‘nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan birom – bir to‘siq bo‘lsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak.
18. Bu joyda yengil avtomobilning to'xtab turishiga ruxsat berilganmi?
Ruxsat berilgan.
Taqiqlangan.
To'g'ri javob: Taqiqlangan.
YHQ 1-ilovasining 3-bo'limidagi 3.28. "To'xtab turish taqiqlangan" belgi talabiga asosan, transport vositalarining to'xtab turishi taqiqlanadi. Uning ta'siri belgi o'rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, qayrilib olish joyigacha, ular bo'lmaganda – aholi punktining oxirigacha ta'siri qiladi.
19. Burilishda harakat qilganda avtopoyezdning tirkamasi siljiydimi?
Burilish markazidan boshqa tomonga siljiydi
Siljimaydi
Burilish markaziga siljiydi
To'g'ri javob: Burilish markaziga siljiydi
Keskin tormoz berish - bu birdan paydo bo‘lgan yoki kech ko‘rib qolingan to‘siqqa kelib urilishining oldini olish uchun katta intensivlik (jadallik) bilan tormoz berish tushuniladi. Shu bois, masalan yosh bolaning yo‘lda birdan paydo bo‘lish ehtimolini inobatga olgan holda haydovchi keskin tormoz berish vaqtida o‘zini qanday tuta olishini bilishi lozim. Bunda quyidagi usullar mavjud: rul chambaragini ikki qo‘lingiz bilan mahkam ushlang, avtomobil g‘ildiraklarini blokirovka qilman chunki g‘ildiraklarning uzunasiga sirpanishi tormoz yo‘lini qisqartirmaydi; harakatda to‘xtab turish tormozini qo‘llamang, chunki bu hol orqa g‘ildiraklarning sirpanishini kuchaytirishi mumkin. Tormoz tepkisini qattiq (shiddat bilan emas) va ravon, shinaning yo‘lga nisbatan ilashishiga qarab, kuchaytirish bosish lozim. Keskin tormoz berish vaqtida ham avtomobil ustidan nazoratni yo‘qotmang.
20. Taqiqlovchi belgi bilan o‘rnatilgan qo‘shimcha axborot belgisi nima maqsadda qo‘yilgan?
Belgidan uning ta’sir qilish hududi boshlanishigacha bo‘lgan masofani aniqlash uchun
Taqiqlovchi belgi amal qilish hududini aniqlash uchun.
To'g'ri javob: Belgidan uning ta’sir qilish hududi boshlanishigacha bo‘lgan masofani aniqlash uchun
YHQ 1-ilovasining 7-bo'limidagi 7.1.1. "Ob'ektgacha bo'lgan masofa" qo'shimcha axborot belgisi 3.20. "Quvib o'tish taqiqlangan" belgidan yo'l harakatiga tegishli cheklov kiritiladigan joygacha bo'lgan masofani ko'rsatadi.