10-bilet savollari va javoblari

1. Yo‘l-transport hodisasiga daxldor bo‘lgan haydovchilar birinchi navbatda bajarishlari shart:

  1. Hodisa sodir bo‘lgan joyda to‘xtash, guvohlarning ism-sharifi va manzilini yozib olish, hodisa haqida IIOga xabar berish, shikastlanganlarga shifokor kelguncha tibbiy yordam berish uchun choralar ko‘rish
  2. Darhol to‘xtash va hodisa sodir bo‘lgan joyda qolish, falokat majburiy to‘xtash yoritgichini yoqish va falokat sababli to‘xtash belgisini o‘rnatish
  3. To‘xtash va hodisaga tegishli izlarni saqlash, ularning atrofini to‘sib, hodisa sodir bo‘lgan joyni aylanib o‘tishni tashkil etish uchun hamma mumkin bo‘lgan choralarni ko‘rish, IIOga xabar berish, tibbiy yordam berish

To'g'ri javob: Darhol to‘xtash va hodisa sodir bo‘lgan joyda qolish, falokat majburiy to‘xtash yoritgichini yoqish va falokat sababli to‘xtash belgisini o‘rnatish

YHQ 3 – bobi 13 – bandiga asosan, yo‘l – transport hodisasi sodir bo‘lganda unga daxldor haydovchilar quydagilarni bajarishlari shart: transport vositasini darhol to‘xtatishi, avariya ishoralarini yoqishi va avariya sababli to‘xtash belgisini o‘rnatishi, transport vositasini va hodisaga daxldor buyumlarni joyidan qo‘zg‘atmasligi.

2. Belgi ostidagi qo‘shimcha axborot belgisi nimani bildiradi?

Belgi ostidagi qo‘shimcha axborot belgisi nimani bildiradi?
  1. Belgidan birinchi burilishning boshlanishigacha bo‘lgan masofani
  2. Birinchi burilishdan ikkinchi burilishning boshlanishigacha bo‘lgan masofani
  3. Yo‘lning xavfli burilishlari bo‘lgan qatnov qismi uzunligi

To'g'ri javob: Yo‘lning xavfli burilishlari bo‘lgan qatnov qismi uzunligi

YHQ 1 – ilovasi 7 – bo‘imining beshinchi xatboshisiga asosan: 7.2.1 “Ta‘sir oralig‘i". Ogohlantirivchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot – ko‘rsatkich belgilarining ta‘sir oralig‘ini ko‘rsatadi.

3. Qaysi belgi “To‘siqni chapdan aylanib o‘tish” deb ataladi?

Qaysi belgi “To‘siqni chapdan aylanib o‘tish” deb ataladi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

To'g'ri javob: 3

YHQ 1 – ilovasi 4 – bo‘limining o‘n birinchi xatboshisiga asosan: 4.2.2. “To‘siqni chapdan chetlab o‘tish”. To‘siqni ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha chetlab o‘tishga ruxsat etilishini bildiradi.

4. Qaysi transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak?

Qaysi transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak?
  1. Velosiped haydovchisi
  2. Avtomobil haydovchisi

To'g'ri javob: Avtomobil haydovchisi

YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

5. Chorrahadan birinchi bo'lib o'tadi:

Chorrahadan birinchi bo'lib o'tadi:
  1. Qizil avtomobil.
  2. Ko'k avtomobil.
  3. Yashil avtomobil.
  4. Sariq avtomobil.

To'g'ri javob: Qizil avtomobil.

YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

6. Ishchi tormozi to‘satdan ishlamay qolganda avtomobilni qanday to‘xtatish kerak?

Ishchi tormozi to‘satdan ishlamay qolganda avtomobilni qanday to‘xtatish kerak?
  1. Eng past uzatmaga o'tish, to'xtab turish tormozi bilan tormozlash. Zarur bo'lganda biron-bir to'siqdan foydalanish.
  2. Ulagichni ajratish va to'xtab turish tormozi bilan keskin tormozlash.

To'g'ri javob: Eng past uzatmaga o'tish, to'xtab turish tormozi bilan tormozlash. Zarur bo'lganda biron-bir to'siqdan foydalanish.

Ishlayotgan tormozning birdan ishdan chiqishi holati alomatlari ko'p: avtomobil tezligi, to'xtab turish tormozining ishlash qobiliyati, harakat oqimining zichligi, yo'l kengligi, piyodalar, ko'kalamzorlashtirilgan joylar, qurilayotgan imoratlarning zichligi, qarama-qarshi yo'nalishda kelayotgan transport vositalarining zichligi va boshqalar. Shuningdek, ko'pgina to'xtamlarga kelish mumkin. "Tormoz ishlamay qolganda nima qilish kerak?"degan savolga barcha holatlarga to'g'ri keladigan javob berib bo'lmaydi. Shunday qilib, xavfli vaziyatda eng asosiy narsa bu: o'ziga ishonish va osoyishtalikni saqlash; kelib chiqqan holatni tezda baholash; inson hayotiga xavf-xatar solmaydigan va ziyon yetkazmaydigan qaror qabul qilish va qabul qilingan qarorni amalga oshirayotgan vaqtda vaziyatning o'zgarishi natijasida taktikani o'zgartirishga tayyor turish.

7. Qayrilish taqiqlanadi:

  1. Chorrahaga 15 metrdan yaqinroqda
  2. Tartibga solinmaydigan chorrahalarda, agar kesib o‘tilayotgan yo‘lda bir tomonlama harakatlanish tashkil etilgan bo‘lsa
  3. Piyodalar o‘tish joylarida
  4. Hamma sanab o‘tilgan hollarda

To'g'ri javob: Piyodalar o‘tish joylarida

YHQ 9 – bobi 62 – bandining birinchi xatboshisiga asosan, quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi: piyodalarning o‘tish joylarida.

8. Shatakka olingan mexanik transport vositasida qaysi tashqi yoritish chiroqlari yoqilgan bo‘lishi kerak?

  1. Sutkaning yorug‘ vaqtida gabarit chiroqlari
  2. Sutkaning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi fara chiroqlari
  3. Avariya yorug‘lik ishoralari

To'g'ri javob: Avariya yorug‘lik ishoralari

YHQ 8 – bobi 50 – bandining birinchi xatboshisiga asosan: Burulishni ko‘rsatuvchi barcha yorug‘lik ishoralarining bir vaqtda miltillashi avariya (xavf – xatar) ishoralari hisoblanadi. YHQ 8 – bobi 50 – bandining to‘rtinchi xatboshisiga asosan, avariya ishorasi quyidagi hollarda yoqilishi kerak: shatakka olishda (shatakka olingan transport vositasida).

9. Qon oqishini to'xtatuvchi jgut qo'l - oyoqlarning qayeriga bog'lanadi?

Qon oqishini to'xtatuvchi jgut qo'l - oyoqlarning qayeriga bog'lanadi?
  1. Yaradan 10-15 sm pastga.
  2. Yaradan 10-15 sm yuqoriga.
  3. Bevosita yaraning o'ziga.

To'g'ri javob: Yaradan 10-15 sm yuqoriga.

Jgut qo'yilishi deyarli barcha hollarda arterial qon ketishini to'xtatadi. Arterial qon ketishini to'xtatish uchun jgut avtomobilning tibbiy qutichasida ham mavjud. Jgut bo'lmagan hollarda kamar, belbog', podtyajkalar va boshqa shunga o'xshash vositalar qo'llanilishi mumkin. Jgut qo'l yoki oyoqqa qon ketish joyidan yuqoriroq joyga ikki-uch marta aylantirilib, faqat kiyim ustidan qo'yiladi yoki uning tagiga bir necha qatlamdan iborat (dast)ro'mol, sochiq yoxud boshqa gazlamadan astar qo'yiladi. Jgutni cho'zib mahkamlash qon ketishi to'xtagan vaqtda to'xtatiladi. Jgutga u qo'yilgan vaqtni ko'rsatuvchi kichik qaydnoma qistirib qo'yiladi.

10. Mototsikl shinalari naqshining qoldiq chuqurligi qanchadan kam bo‘lmasligi kerak?

  1. 0,5 mm
  2. 0,8 mm
  3. 1,0 mm
  4. 1,6 mm
  5. 2,0 mm

To'g'ri javob: 0,8 mm

YHQ 3-ilovasining 5.1-bandiga muvofiq, agar shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, O3, o4 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,0 mm dan kam bo'lsa; M1, N1, O1, O2 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,6 mm dan, kam bo'lsa; m2, m3 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 2,0 mm dan kam bo'lsa; mototsikl va mopedlar (skuterlar, Kvadrosikllar) uchun — 0,8 mm dan kam bo'lsa transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.

11. Qaysi transport vositasining haydovchisi birinchi navbatda harakatlanish ustunligiga ega?

Qaysi transport vositasining haydovchisi birinchi navbatda harakatlanish ustunligiga ega?
  1. Yo'l xizmati mashinasining haydovchisi.
  2. Yengil avtomobil haydovchisi.

To'g'ri javob: Yengil avtomobil haydovchisi.

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. YHQ 6-bobi 28-bandiga asosan, yoqilgan zarg'aldoq va (yoki) sariq rangli mayoqcha harakatlanishda imtiyoz bermaydi va yo'l harakatining boshqa qatnashchilarini faqat xavf haqida ogohlantiradi.

12. Bu belgilarning qaysi biri “Bir tomonlama harakatli yo‘lga chiqish”ni bildiradi?

Bu belgilarning qaysi biri “Bir tomonlama harakatli yo‘lga chiqish”ni bildiradi?
  1. Birinchi va beshinchi
  2. Uchinchi va beshinchi
  3. Ikkinchi va to‘rtinchi

To'g'ri javob: Birinchi va beshinchi

YHQ 1 – ilovasi 5 – bo‘limining sakkizinchi xatboshisiga asosan: 5.7.1, 5.7.2. “Bir tomonlama harakatli yo‘lga chiqish”. Harakatlanish bir tomonlama bo‘lgan yo‘lga yoki qatnov qismiga chiqishni bildiradi. Bunday holda, birinchi va beshinchi belgilar “Bir tomonlama harakatli yo‘lga chiqish” deb nomlanadi.

13. Qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi?

Qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. A yo‘nalishda
  2. B yo‘nalishda
  3. C yo‘nalishda
  4. A, B va C yo‘nalishlarida
  5. B va C yo‘nalishlarida

To'g'ri javob: A, B va C yo‘nalishlarida

YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining 1.11 yotiq chizig'i faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yo'l qismlarida, bir yo'nalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi. Qayrilib olish, to'xtash maydonchalari va shunga o'xshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yo'nalishda ruxsat etilganligini ko'rsatadi. 1.11 chizig'ini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirg'a chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib o'tishni tugatayotganda bosib o'tishga ruxsat etiladi.

14. Quyidagi hollarning qaysi birida temir yo‘l kesishmasiga kirish taqiqlanadi?

  1. Svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonganda shlagbaum ochiq turgan holatda
  2. Qishloq xo‘jaligi mashinasini mexanik transport vositasiga yuklab olib o‘tish holatida
  3. Tezligi 8 km/soat dan ko‘p bo‘lgan transport vositalari

To'g'ri javob: Svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonganda shlagbaum ochiq turgan holatda

YHQ 18 – bobi 118 – bandining ikkinchi xatboshisiga asosan, temir yo‘l kesishmasiga quydagi hollarda kirish taqiqlanadi: shlagbaum holatidan qat’i nazar, svetoforning taqiqlovchi ishorasida.

15. Avtomobillar chorrahadan quyidagi tartibda o'tadi:

Avtomobillar chorrahadan quyidagi tartibda o'tadi:
  1. Qizil, yashil, ko'k.
  2. Ko'k, qizil, yashil.
  3. Uchchalasi bir vaqtda.

To'g'ri javob: Uchchalasi bir vaqtda.

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

16. Yo'lovchilarning va mahkamlanmagan yukning shiddat bilan oldinga surilib ketishiga nima sabab bo'lishi mumkin?

Yo'lovchilarning va mahkamlanmagan yukning shiddat bilan oldinga surilib ketishiga nima sabab bo'lishi mumkin?
  1. Faqat tezlikni keskin oshirish.
  2. Faqat keskin tormozlash.
  3. Tezlikni keskin oshirish va keskin tormozlash.

To'g'ri javob: Faqat keskin tormozlash.

Haydovchi, yo'lovchilar hamda mahkamlanmagan yuk birdan tormozlash, to'qnashuv yoki avtomobilning keskin to'xtashidan keyin avtomobil to'xtashidan oldin mavjud harakat tezligini saqlagan holda harakatda davom etadilar. Aynan shu vaqtda jarohatlarning ko'pgina qismi boshning old peshonaga, ko'krak qismining rul chambaragi va rul kolonkasiga, tizzaning asboblar o'rnatilgan shchit qirrasiga urilishi natijasida yuzaga keladi. Yuk siljishi natijasida avtomobil muvozanatini yo'qotib, ag'darilishi mumkin. Shu bois, harakatdan oldin haydovchi va yo'lovchilar xavfsizlik kamarini taqishi, yuk mahkamlanishi lozim.

17. Sutkaning yorug‘ vaqtida yuk avtomobilining old yoki orqa tomoniga 1 metrdan ortiq chiqib turgan yuk qanday belgilanadi?

  1. “Katta o‘lchamli yuk” taniqlik belgisi bilan
  2. Qizil bayroqchalar bilan
  3. Oq bayroqchalar bilan

To'g'ri javob: “Katta o‘lchamli yuk” taniqlik belgisi bilan

YHQ 27-bobi 163-bandiga asosan: Transport vositasining gabaritlaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan, yon tomonga gabaritning chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk “Katta o‘lchamli yuk” taniqlik belgisi bilan belgilanishi, sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda esa bunga qo‘shimcha ravishda oldi oq rangli chiroq yoki yorug‘lik qaytargich, orqasi esa qizil rangli chiroq yoki yorug‘lik qaytargich bilan belgilanishi kerak.

18. Bu yotiq chiziq quyidagi vazifani bajaradi:

Bu yotiq chiziq quyidagi vazifani bajaradi:
  1. Maxsus piyodalar yo‘lkasini bildiradi
  2. Velosiped yo‘lkasini bildiradi, chiziq yo‘naltirgichlari bo‘laklar bo‘yicha harakat yo‘nalishini ko‘rsatadi
  3. Piyodalar o‘tish joyini bildiradi, chiziq yo‘naltirgichlari piyodalar harakatlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi

To'g'ri javob: Piyodalar o‘tish joyini bildiradi, chiziq yo‘naltirgichlari piyodalar harakatlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi

YHQ 2 – ilovasi 1 – bo‘limining o‘n oltinchi va o‘n yettinchi xatboshlariga asosan: 1.14.2 (zebra) – tartibga solinmagan piyodalarning o‘tish joyini belgilaydi, 1.14.2 yotiq chiziqning yo‘naltirgichlari piyodalarning harakatlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi.

19. Sirpanchiq yo‘lda karbyuratorning drossel zaslonkasini keskin ochish qanday xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin?

  1. Karbyurator qismlari ishdan chiqishiga
  2. Yurgizgich ishlashdan to‘xtab qolishiga
  3. Avtomobilning yonga sirpanib ketishiga

To'g'ri javob: Avtomobilning yonga sirpanib ketishiga

Drossel zaslonkasining ochilishi gaz pedalini bosganda yuz beradi. Tekis yo‘lda drosselni keskin ochishda yetaklovchi g‘ildiraklar joyidan jilmay aylanadi va avtomobilning yoniga og‘ishini keltirib chiqarishi mumkin. Gaz pedalini keskin bosish karbyuratorni buzilish ehtimolidan yiroq. Aksincha, gaz pedaliga bosilganda dvigatelь ishini to‘xtatmaydi, balki kuchliroq ishlay boshlaydi.

20. O‘zib ketish deb nimaga aytiladi?

  1. Transport vositasining bir yo‘nalishda transport vositasi tezligidan ortiq tezlikda harakatlanishi
  2. Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan tasmaga chiqib, so‘ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan harakat
  3. Kam tezlik bilan qo‘shni qatorda harakatlanayotgan bir yoki bir nechta transport vositasidan o‘zib ketish

To'g'ri javob: Transport vositasining bir yo‘nalishda transport vositasi tezligidan ortiq tezlikda harakatlanishi

YHQ 1 – bobi 6 – bandiga asosan: O‘zib ketish — transport vositasining bir yo‘nalishda transport vositasi tezligidan ortiq tezlikda harakatlanishi