1-bilet savollari va javoblari

1. Qaysi avtomobil uchun bu belgilarning ta’sir oralig‘ida to‘xtashga ruxsat etiladi?

Qaysi avtomobil uchun bu belgilarning ta’sir oralig‘ida to‘xtashga ruxsat etiladi?
  1. Qizilga
  2. Ikkala avtomobilga
  3. Hech qaysi biriga
  4. Sariq avtomobilga

To'g'ri javob: Sariq avtomobilga

YHQ 1-ilovasi 3-bo'limi 3-xatboshiga asosan, Qoidalarning 176-bandiga binoan "Nogiron" taniqlik belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali motosikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilarga 7.18 "Nogironlar mustasno" belgi bo'lganda 3.27 "To'xtash taqiqlangan" belgisining ta'sir doirasida to'xtashga ruxsat etiladi.

2. Yo'naltirgichlar bilan ko'rsatilgan yo'nalishlarning qaysi biri bo'yicha harakatlanishga ruxsat etiladi?

Yo'naltirgichlar bilan ko'rsatilgan yo'nalishlarning qaysi biri bo'yicha harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Faqat A yo'nalish bo'ylab.
  2. Faqat B yo'nalish bo'ylab.
  3. Faqat C yo'nalish bo'ylab.
  4. Faqat A va D yo'nalishlari bo'ylab.
  5. Faqat D yo'nalish bo'ylab.

To'g'ri javob: Faqat A va D yo'nalishlari bo'ylab.

YHQ 1-ilovasi 4-bo'lim 5-xatboshiga asosan, 4.1.1. "Harakatlanish to'g'riga". Faqat to'g'ri yo'nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi. Yo'lning qismi boshlanishida o'rnatilgan 4.1.1 belgisining ta'siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o'ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo'lga yondosh boshqa hududlar(jumladan, yonilg'i quyish shoxobchalari)ga burilishni taqiqlamaydi.

3. Tibbiyot qutichasi va o‘t o‘chirgichi bo‘lmagan qanday transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi?

  1. Faqat M1 toifali transport vostitasi
  2. Faqat M2; M3; N1 toifali transport vostitasi
  3. Faqat N2; N3 toifali transport vositasi
  4. Barcha yuqorida ko‘rsatilgan toifalar

To'g'ri javob: Barcha yuqorida ko‘rsatilgan toifalar

YHQ 3 – ilovasi 7.10 – bandiga asosan: Transport vositalari quydagilar bilan jihozlanmagan bo‘lsa ulardan foydalanish taqiqlanadi: M2, M3 toifadagi – favqulodda holatlarda oynani sindirish uchun foydalaniladigan bolg‘acha, tibbiyot qutichasi, 2 ta o‘t o‘chirgich (bittasi haydovchining kabinasida, ikkinchisi – yo‘lovchilar salonida), majburiy to‘xtaganini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet); M1, N1, N2, N3, toifadagi, mikroavtobus va g‘ildirakli traktorlarda tibbiyot qutuchasi, o‘t o‘chirgich, majburiy to‘xtaganligini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet); M3, N2, N3 toifadagi – o‘zi yurub ketishidan saqlovchi, g‘ildirak diаmetriga muvofiq (kamida ikkita) tirgak; O toifadagi, traktorlar, aravalar va boshqa o‘ziyurar mashinalarda – tashqi nur qaytargichlar; kajavali mototsikllarda – tibbiyot qutuchasi, majburiy to‘xtaganligini bildiruvchi belgi.

4. Chorrahadan birinchi bo'lib o'tadi:

Chorrahadan birinchi bo'lib o'tadi:
  1. Qizil avtomobil.
  2. Ko'k avtomobil.
  3. Sariq avtomobil.
  4. Yashil avtomobil.

To'g'ri javob: Yashil avtomobil.

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

5. Harakatlanish taqiqlangan:

Harakatlanish taqiqlangan:
  1. Qizil va oq avtomobillarga.
  2. Ko'k, yashil va oq avtomobillarga.
  3. Oq, ko'k va sariq avtomobillarga.

To'g'ri javob: Ko'k, yashil va oq avtomobillarga.

YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining qo'llari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va o'ng yon tomonidan tramvayga to'g'riga, relssiz transport vositalariga to'g'riga va o'ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi.

6. Chorrahani birinchi bo‘lib kesib o‘tadi?

Chorrahani birinchi bo‘lib kesib o‘tadi?
  1. Avtomobil va avtobus haydovchisi
  2. Tramvay haydovchisi

To'g'ri javob: Avtomobil va avtobus haydovchisi

YHQ 15-bobi 100 - va 101 - bandlariga asosan, svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmoqning ko'rsatkichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yo'nalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmog'ining yo'naltirgichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan tramvay boshqa yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak.

7. Shu joyda to'xtab turishga ruxsat etiladimi?

Shu joyda to'xtab turishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi.
  2. Taqiqlanadi.

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi.

YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan, quyidagi joylarda to'xtash va to'xtab turish taqiqlanadi: qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo'lning sidirg'a chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).

8. Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasi bortining balandligi:

  1. 0,7 metrdan kam bo‘lmasligi kerak
  2. 1,0 metrdan kam bo‘lmasligi kerak
  3. 1,3 metrdan kam bo‘lmasligi kerak
  4. 1,5 metrdan kam bo‘lmasligi kerak

To'g'ri javob: 1,3 metrdan kam bo‘lmasligi kerak

YHQ 26 – bobi 153 – bandiga asosan: Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasining borti 1,3 metrdan kam bo‘lmasligi shart. Bunda yukxonaning pastki qismidan 0,3 — 0,5 metr balandlikda mahkamlangan o‘rindiqlar jihozlangan bo‘lishi kerak.

9. Umurtqa pog'onasining ko'krak sohasi shikastlangan jabrlanuvchini transportda qanday tashish kerak?

Umurtqa pog'onasining ko'krak sohasi shikastlangan jabrlanuvchini transportda qanday tashish kerak?
  1. Qattiq taxtada orqasi bilan yotgan holda.
  2. Yumshoq to'shamada orqasi bilan yotgan holda.
  3. Qattiq taxtada yoni bilan yotgan holda.

To'g'ri javob: Qattiq taxtada orqasi bilan yotgan holda.

Umurtqa pog'onasi shikastlanganda orqa (umurtqa) miyani jarohatlanishidan saqlab qolish uchun umurtqa pog'onalarining bir-biriga nisbatan siljishini oldini olish muhimdir. Umurtqaning minimal qo'zg'alishini ta'minlash uchun jarohatlangan kishini qattiq tekislikka joylashtirib, uning harakatini imkon darajada cheklash lozim.

10. Bunday taniqlik belgisi bilan belgilanadigan transport vositasi:

Bunday taniqlik belgisi bilan belgilanadigan transport vositasi:
  1. Og'ir vaznli va yirik o'lchamli yuklarni tashuvchi.
  2. Yukli va yuksiz uzunligi 20 metrdan oshadigan transport vositasi.
  3. Furgon yukxonasida odamlarni tashuvchi.

To'g'ri javob: Yukli va yuksiz uzunligi 20 metrdan oshadigan transport vositasi.

YHQ 29-bobi 176-bandi 9-izohiga asosan, "Uzun o'lchamli transport vositasi" — yukli va yuksiz uzunligi 20 metrdan oshadigan transport vositasining, ikki yoki undan ko'proq tirkamali avtopoezdlarning orqasida — kengligi 40 millimetr bo'lgan qizil hoshiyali, o'lchami 1200x200 millimetr bo'lgan, sariq rangli, nur qaytaruvchi to'rtburchak shaklidagi belgi.

11. Zarg‘aldoq yoki sariq rangli yalt - yalt etuvchi mayoqchasi yoqilgan transport vasitalariga harakatlanishda imtiyoz beradimi?

Zarg‘aldoq yoki sariq rangli yalt - yalt etuvchi mayoqchasi yoqilgan transport vasitalariga harakatlanishda imtiyoz ber…
  1. Beradi
  2. Bermaydi

To'g'ri javob: Bermaydi

YHQ 6-bobi 28-bandiga asosan, yoqilgan zarg'aldoq va (yoki) sariq rangli mayoqcha harakatlanishda imtiyoz bermaydi va yo'l harakatining boshqa qatnashchilarini faqat xavf haqida ogohlantiradi.

12. Quyidagi belgilar qaysi yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat beradi?

Quyidagi belgilar qaysi yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat beradi?
  1. Faqat chapga
  2. Faqat to‘g‘riga
  3. Faqat o‘ngga
  4. To‘g‘riga, o‘ngga va qayrilishga

To'g'ri javob: To‘g‘riga, o‘ngga va qayrilishga

YHQ 1-ilovasi 7-bo'limidagi 7.3.2 "Ta'sir yo'nalishlari" qo'shimcha axborot belgisi, chorraha oldida o'rnatilgan 3.2. "Harakatlanish taqiqlangan" belgisining ta'sir yo'nalishini ko'rsatadi.

13. Mazkur chiziq nima haqida ogohlantiradi?

Mazkur chiziq nima haqida ogohlantiradi?
  1. Transport vositalarining majburiy to'xtash joyiga yaqinlashayotganligi.
  2. "To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan" belgisi bilan birga qo'llanilganda, haydovchini "To'xtash" chizig'iga yaqinlashayotganligi.
  3. Transport vositasi piyodalarga yo'l berishi kerak bo'lgan joyga yaqinlashayotganligi.

To'g'ri javob: "To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan" belgisi bilan birga qo'llanilganda, haydovchini "To'xtash" chizig'iga yaqinlashayotganligi.

YHQ 2-ilovasining 1-bo'limiga asosan, 1.21 yotiq chizig'i ("STOP" – to'xtang! yozuvi) – 2.5 belgisi bilan birga qo'llanilganda haydovchini 1.12 chizig'iga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi.

14. Avtomagistralda quyidagilar taqiqlanadi:

  1. Ajratuvchi bo‘lakning texnologik uzilish joylariga kirish va ularda qayrilib olish
  2. Orqaga xarakatlanish
  3. “To‘xtab turish joyi” yoki “Dam olish joyi” belgilari bo‘lgan maxsus maydonchalardan tashqari joyda to‘xtash
  4. Yuqoridagi barcha holatlar

To'g'ri javob: Yuqoridagi barcha holatlar

YHQ 19 – bobi 121 – bandi: Avtomagistrallarda quydagilar taqiqlanadi: - piyodalar, uy hayvonlari, ot – aravalar, velosepedlar, individual harakatlanish vositalari, skuterlar, mopedlar, traktorlar va o‘ziyurar uskunalar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko‘ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi; - yuk avtomobillariga yo‘lning chetki chap qatorida harakatlanishi; - 5.15 yoki 6.11 yo‘l belgilari bilan belgilangan maxsus to‘xtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda to‘xtash; - ajratuvchi mintaqaning texnologik uzulish joylariga kirish va ularda qayrilib olish orqaga harakatlanish; - transport vositasini o‘rganish uchun boshqarish. Ko‘rinib turibdiki, avtomagistralda barcha sanab o‘tilgan harakatlar taqiqlangan.

15. Qaysi transport vositasining haydovchisi to‘g‘riga harakatlanish huquqiga ega?

Qaysi transport vositasining haydovchisi to‘g‘riga harakatlanish huquqiga ega?
  1. Avtobus va mototsikl haydovchilari
  2. Yengil va yuk avtomobillari haydovchilari
  3. Yengil avtomobil haydovchisi

To'g'ri javob: Yengil avtomobil haydovchisi

Yo‘l harakati qoidalarining 38 bandiga asosan, Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma’noni bildiradi: O‘ng qo‘li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo‘nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o‘ngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o‘ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib o‘tishga ruxsat etiladi. Ushbu vaziyatda mototsiklga o‘nga, yengil avtomobilga to‘g‘riga va o‘nga harakatlanishga ruxsat etiladi.

16. Qaysi transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak?

Qaysi transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak?
  1. Avtomobil haydovchisi.
  2. Tramvay haydovchisi.

To'g'ri javob: Tramvay haydovchisi.

YHQ 15-bobi 100 - va 101 - bandlariga asosan, svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmoqning ko'rsatkichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yo'nalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmog'ining yo'naltirgichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan tramvay boshqa yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak.

17. Transport vositasini orqaga harakatlantirish paytida haydovchi qanday talablarni bajarishi kerak?

Transport vositasini orqaga harakatlantirish paytida haydovchi qanday talablarni bajarishi kerak?
  1. Harakatning boshqa ishtirokchilariga xalaqit bermaslik. Harakat xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lsa boshqa shaxslar yordamidan foydalanish
  2. Boshqa shaxslar yordamidan foydalanish
  3. Transport vositasida tumanga qarshi orqa chiroqlar bo‘lsa, ularni yoqish
  4. Gabarit chiroqlarini yoqish

To'g'ri javob: Harakatning boshqa ishtirokchilariga xalaqit bermaslik. Harakat xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lsa boshqa shaxslar yordamidan foydalanish

YHQ 9-bobi 63-bandiga muvofiq, transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashi va boshqa yo'l harakati qatnashchilariga xalaqit bermasligi shart. Zarurat tug'ilganda haydovchi boshqa shaxslarning yordamidan foydalanishi kerak.

18. Yo‘lning qarama - qarshi harakat yo‘nalishi tomoniga chiqish qachon taqiqlanadi?

  1. Ikki tomonlama harakatli, 4 ta yoki undan ko‘p tasmali yo‘llarda
  2. Ikki tomonlama harakatli, qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositalari oqimlari ikkita uzluksiz chiziqlari bilan ajratilgan 4 ta tasmali yo‘llarda
  3. Yuqoridagi barcha hollarda

To'g'ri javob: Yuqoridagi barcha hollarda

YHQ 10-bobi 65-bandiga muvofiq, to'rt va undan ortiq tasmali, harakat ikki tomonlama bo'lgan yo'llarda qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan tasmalarga chiqish taqiqlanadi. YHQ 2-ilovasining 1-bo'limiga muvofiq, 1.3 yotiq chizig'i to'rt va undan ortiq harakatlanish tasmasi bo'lgan yo'llarda qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi. 1.3 yotiq chizig'ini kesib o'tish taqiqlanadi.

19. Qaysi holatda egri yo‘lda harakatlanayotgan avtomobil turg‘unligi taminlanadi?

  1. Uzatma ulangan holatda
  2. Uzatma ajratilgan holatda
  3. Tezlik oshirilganda

To'g'ri javob: Uzatma ulangan holatda

Egri yo‘l (burulish) da harakatlanayotgan avtomobilda markazdan qochirma kuch vujudga keladi. Burulish o‘ng tomonga bo‘lgan holda siz qarama – qarshi yo‘nalishda harakatlanish bo‘lagiga, chap tomonga bo‘lsa, yo‘l yoqasi yoki uning tashqarisiga chiqib ketishingiz ehtimoli mavjud. Uzatma ajratilgan holatda avtomobil o‘zi harakatlanib, uni boshqarish murakkablashadi. Shu bois, burulishga yaqin masofa qolganda, uning tikligini va tezligingizni baholab, uzatma mexanizmini ajratmay harakatni davom ettiring.

20. Qaysi shartlarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi?

  1. Gidravik tormoz tizimidan suyuqlik oqayotkan bo‘lsa
  2. Ishchi tormoz tizimi samaradorligi talabga javob bermaydi
  3. Kompressor pnevmatik tormoz tizimida o‘rnatilgan bosimni ta’minlay olmagan holatda
  4. Ko‘rsatilgan barcha holatlarda

To'g'ri javob: Ko‘rsatilgan barcha holatlarda

YHQ 3 – ilovasi 1 – bo‘limning 1.3 va 1.4 – bandlariga asosan, transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi: Gidravlik tormoz yurutmasining zichligi (germetikligi) buzulgan bo‘lsa. Dvigatel ishlamay turganda pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yurutmasining zichligini buzulishi, boshqaruv qismlari ulanmaganda – 30 daqiqada, ulanganida – 15 daqiqada tizimdagi havo bosimini 0,05 MPa dan ko‘pga pasayishiga sabab bo‘lsa, g‘ildiraklardagi tormoz kameralaridan siqilgan havo chiqayotgan bo‘lsa. YHQ 2 – bobi 12 – bandining uchunchi xatboshisiga asosan: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi ( avtopoyezd tarkibida ) nosoz bo‘lgan, qorong‘i vaqtda yoki yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda – old chiroqlar va orqa gabarit chiroqlari bo‘lmagan yoki yonmayotgan, yomg‘ir, qor yog‘ayotgan vaqtda haydovchi tomonidagi oyna tozalagich ishlamayotgan transport vositalarini boshqarish taqiqlanadi. Shu bilan barcha ko‘rsatilgan shartlar asosida transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.